1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
Download 150.6 Kb.
|
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar
2. Idrokning yangi qirralari
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qato-riga insonni inson tomonidan idroq qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning taxdiliga ko‘ra, insonningbaʼzi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz alomatlari va tana aʼzo-larining turli harakatlari yordamida anikdanadi. Insoning tashqi qiyofasining tuzilishi bo‘yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lsada, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozir-gi davrdagina tadqiqqilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan ja-hon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to‘plangan amaliy maʼlumotlar umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga kel-tirish mumkin: Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o‘zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog‘liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish odam irodasining mustahkamligi nishonasidir). Boshqacha so‘z bilan ayt-ganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida ajdod-lar tomonidan to‘plangan tajribalarga asoslanib, shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir. Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko‘rinishdagi sernafosat nozik ado, boshqa kishilar hissiyetini o‘ziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg‘unlashuvini eʼtirof qilishga qaratilgan yondashuv (shaxsningdid bilan kiyinishi, meʼyor bilan o‘ziga oro berishi uning ibosida ifo-dalanishining ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok qilina-yotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo‘sinda qabul qilinsa, demak, o‘sha odam to‘g‘risidagi taassurot bevosita favquloddagi holatga, vaziyatga bog‘liq bo‘ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujassamlashishi mumkin. Idrok qilinayotgan insonning tashqi ko‘rinishining alomat-lari iliqtaassurot vatasavvur uyg‘otuvchi tanish odamning psixolo-gik xususiyatlari notanish kishiga o‘xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish inson-ning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko‘chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na mantiqiy taxlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan bu tarzda insonni inson tomonidan idrok qilish o‘xshash-likka asoslanishini taʼkidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy (ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, yaʼni toifalarga alo-qadorligi to‘g‘risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko‘rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o‘xshatish deyiladi. Bizningcha, insonin inson tomonidan idrok qilish jarayoni qatʼ-iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin: idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xis-latlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo‘yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida inson-ning inson tomonidan aks ettirish, o‘xshatish, unga taklid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, yaʼni identifika-siya bosqichi bevosita amalga oshadi; idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o‘z-o‘zini ang-lash negizida namoyon bo‘ladi, yaʼni refleksiya bosqichi vujudga kel-ganligi to‘g‘risida muayyan qarorga kelinadi; o‘zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg‘ulariga nisbatan ham-dardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug‘iladi, buning natijasida tub maʼ-nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi; o‘zga kishilarga ijtimoiy guruh aʼzolariga nisbatan berilgan xislatlarni ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash negi-zida idrok qilish jarayoni tug‘iladi, yaʼni qadimgi mezonlar bo‘yicha inʼikos qilish stereotipizatsiya deyiladi. Psixologiya fanida refleksiya, yaʼni o‘zini o‘zi anglash shaxsning barcha (hissiy, bilishga oid, irodaviy, boshqaruv) xususiyatlarini oqilona baholash degan qarashlar va yondashuvlar to hozirgi davrgacha davom etib kelmoqda. Bunday holat inson tomonidan o‘zini o‘zi aks ettirishni bildiradi, xolos. Lekin o‘zga kishilar idrok qilinuvchi-ning shaxs sifatlarini qay hajmda bilishadi, ularni baholash im-koniyati qanday, uning nimalarga qodir ekanligini tushuna olisha-dimi? Shu kabi muammolarga javob berish orqali o‘zini o‘zi anglash-ning boshqa qirralarini aniqlash mumkin. Insonlar o‘zaro bir-bir-larini idrok qilish kezida: birinchidan, darhaqiqat idrok qilinayotgan shaxsningasl qiyofa-si so‘zsiz ravishda ifodalanishi; ikkinchidan, shaxs o‘zini aniq tasavvur qilib, so‘ng oqilona baholay olishi, munosabat bildirishi, shaxsiy yondashuvi; uchinchidan, shaxsning boshqa odamlar tomonidan anglanishi na-tijasida ikkiyokdama inʼikos, yaʼni «subʼekt-subʼekt” munosabati vujudga keladi. Shaxslararo bir-birini aks ettirish jarayonining mohiyati inson fazilatlarini qayta esga tushirish, qaytadan tik-lash va ularni yaxlit tarzda mujassamlashtirish orqali o‘z aksini topadi. Jahon psixologlari asarlarini taxlil qilish va shaxsiy kuza-tishlarimiz natijalari inson tomonidan faoliyat maqsadini ro‘yob-ga chiqarish rejasini va modelini yaratishda ifodalanuvchi antitsi-patsiya (lotincha apis1ragyu, yaʼni oldindan sezish, payqash, oldindan idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirligi) bir necha bosqichlardan iborat ekanligidan dalolat bermokda. Hozirgi zamon jahon psixologlari antitsipatsiyani besh darajaga ajratib o‘rganmoqsalar, chunonchi anglashilmas subsensor (lotincha zi - osti va 5epz15 - sezish so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, idrok qilish-ning ongosti holatini anglatiladi), sensomotor (lotincha $yep515 -sezish, togog - harakat degan maʼnoni bildirib, nozik harakatlar-ni sezish demaqdir), perseptiv (lotincha regserPo — idrok degan maʼno anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat) qilish kabilar. Antitsipatsiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining o‘zgarishida, uning ideomotor (ixtiyorsiz harakat) jara-yonida, tashqi taʼsirga tezkor javob qaytarishida o‘z aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va harakat barqarorligi insonning ix-tiyoriy saʼy-harakatga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim zamin taʼmin-laydi. Antitsipatsiyaning sensomotor bosqichi harakatdagi jismlarni o‘zaro taqqoslashda, murakkab harakatlarni muvofikdashtirishda, tez-kor harakatning muhitdagi vaqt va fazoviy o‘zgarishlar mutanosib-ligini uzluksiz ravishda idora qilib turishda namoyon bo‘ladi. Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uo‘g‘un-lashib ketadi. Buning natijasida o‘tmish tajribalariga asoslanib kelajakda vaqt va fazoviy o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari yaqqollashtiriladi. Antitsipatsiyaning tasavvur darajasi obrazlarning vaqt va fazo-viy o‘zgarishiga binoan ularni fikran qaytadan yaratish, bunyod etish, goho qorishiq tasvirlar vujudga keltirish, ularning sxemasini va rejasini tuzish uchun insonda uquvchanlik, qobillik hamda ijodiy faollikning tug‘ilishini namoyish qiladi. Antitsipatsiyaning beshinchi bosqichi nutq va tafakkur yordamida bo‘lg‘usi holatlar, hodisalar, keskin o‘zgarishlar to‘g‘risida bashorat qilish hulq-atvor harakatlarini va amalga oshiriluvchi faoliyatini rejalashtirish jarayonining yuksakligi bilan boshqa darajalardan sifat jihatidan ajralib turadi. Mazkur bosqichda umumlashtirish va mavhumlashtirishning ayrim sermahsul darajalari, mantiqiy usullar, oqilona hamda maqsadga muvofiqxatti-harakatlarning yuqori samara beruvchi ko‘rsatkichlari o‘zining cho‘qqisiga erishadi. Lekin bu borada yana izlanishni davom ettirish lozim. Bizningcha, inson tomonidan yangilik modelini bir necha yo‘na-lishda amalga oshirishi mumkin: hozirgi zamon kelajak tomon fikriy yo‘nalishda; kelajak muammolaridan hozirgi davr masalalariga fikran ko‘chish; hozirgi davr va istiqbol rejalari yuzasidan moziyga murojaat qilish kabilar. Antitsipatsiyaning har qaysi bosqichi integrativ xususiyatga ega bo‘ladi, ular bir-birini uzluksiz ravishda taqozo qiladi va xuddi shu yo‘sinda maʼlumotlar taqchilligiga barham beriladi. Shunday real voqelik vujudga kelishi mumkinki, bunda inson oldida yaqqol top-shiriq va vazifadan kelib chiqqan holda u yoki bu antitsipatsiyaning bosqichi ustuvorlikka erishadi. Xuddi shu boisdan uning har qaysi bosqichi o‘zaro qorishib ketishi, muammoning o‘ziga xos xususiyatla-riga binoan izchillik, ketma-ketlik tizimi buzilishi ehtimoldan holi emas. Insonni inson tomonidan idrok qilishning yangi ilmiy qirra-lari yuzasidan mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagi umumiy xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq: antitsipatsiyaning xar qaysi bosqichi yechimi kutilayotgan muam-molarning murakkabligi darajasiga munosibdir; antitsipatsiyaning xar bir darajasining maqsad ko‘zlashdagi va muammoni hal qilishdagi imkoniyati turlichadir. Download 150.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling