Fanlarni o’rganishda tematik saytlardan foydalanish. Reja


Download 25.46 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi25.46 Kb.
#1006086
Bog'liq
FANLARNI O’RGANISHDA TEMATIK SAYTLARDAN FOYDALANISH.


FANLARNI O’RGANISHDA TEMATIK SAYTLARDAN FOYDALANISH.
REJA:


  1. Maxsus fanlarni o’qitishda AKT texnologiyalaridan foydalanish

  2. Maxsus fanlarni o'qitishda AKT ni qo'llash

  3. Tematik saytlardan foydalanish



Maxsus fanlarni o'qitishda AKT ni ahamiyati
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara­yonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga, umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi asosan o‘qish, yozish, dastlabki matematik bi­limlarni o‘zlashtirishi kerak deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shu sababli ham ta’lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o‘quvchi-bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ularda o‘qish jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur bo‘lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o‘qituvchining vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi o‘quvchi-bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish, ta’lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera bilishi zarur. O‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchi bolalarning bilimlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar umumta’lim maktab­lari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot-kommunikatsiya texnologiya­lari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarni ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda ulg‘aymoqdalar. Bunday vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki salohiyatini shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki boshlang‘ich ta’lim muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos dars o‘tishlari uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi.
Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada malaka oshirish­lari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari muntazam ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo‘lish uchun mustaqil ta’lim orqali ham o‘z bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchilar Internet vositasida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallari­dan foydalanishlari, hamkorlar bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o‘qituvchilar forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi.
Oliy ta’lim maussasalarida maxsus fanlarni o’qitishda visual metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari.
Visual o’rgatuvchi tizimlar asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.

Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda.


Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, visual o’rgatuvchi tizimlar asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Visual o’rgatuvchi tizimlar vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25–30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi.
Visual metodlarni ishlab chiqish uchun quyidagi talablarni bajarishi talab etiladi:
1. Visual o’rgatuvchi tizimlarni tuzilmasi va mazmunini chuqur o’rganishga mo’ljallash bilan bir vaqtda o’rganilayotgan o’quv dasturiga mos kelishi.
2. Visual o’rgatuvchi tizimlarni mazmuni va tarkibi standart talablariga mos kelishi kerak.
3. Visual o’rgatuvchi tizimlarni ko’rgazmaligini ta’minlash talablari va o’rganuvchilar tomonidan o’rganilayotgan obyektlar ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyati talab qiladi.
4. Visual o’rgatuvchi tizimlardan foydalanish tizimliligi va ketma-ketligi talablari o’rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko’nikmalarning ma’lum tizimning ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi ketma-ketligini ta’minlash talab qilinadi
5. Visual o’rgatuvchi tizimlarni o’rgatishning rivojlantiruvchi funksiyalari bajarilishi kerak.
6. O’rgatishda fan, texnika va texnologiyalarni so’nggi yutuqlarini hisobga olinishida o’quv materiali mazmuning yetarlicha chuqurligini, ishonchligini ta’nimlashi kerak.
7. Visual o’rgatuvchi tizimlarning trening vositalari — ta’lim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog’liq holda tayyorlashni amalga oshirish kerak.
Maxsus fanlarni o'qitishda AKT ni qo'llash
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi.
Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar.
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.

Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.


Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo’ladilar.
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Haqiqatdan o’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin.
Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi.
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari mumkin.
Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi.
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Multimediyali ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi.
Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida to’ldirish va chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni topshirish mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko’rgazmali qurollar yordamida namoyish etib boriladi.
Talabalarning ma’ruza davomida olgan bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida topshiriqlarni bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar. O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir talabani baholaydi.
Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari sifatida topshiriqlar beriladi.
Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy pedagogika nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik faoliyat to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini maxsus fanlar o‘qituvchisining faoliyatini o‘rganishda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, biroq 14 bu yerda uning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. Bu xususiyatlar ko‘p qirrali bo‘lib, faoliyatning turli tomonlariga xos bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lib, har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi. Maxsus fan o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi Faqat maxsus fan o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. Ba’zi tadqiqotlarda maxsus fan o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uslubiy (metodik), ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan Maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Maxsus fan o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xosligini o‘rganishda qabul qilish jarayoni (rang,tovush, vaqt, hid va b.), diqqati (biologik,tabiiy va ijtimoiy, texnik -texnologik jarayonlar va boshqalarni kuzatish), nutqi-kasbiy yo‘nalganlilik terminologiyasi va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. Magistratura mutaxassisliklarini tugatgan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars olib boradilar. Oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni bilan biror predmet fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni o‘rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o‘z turdosh yo‘nalishlari o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan bir nechta (6–7 gacha) umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu holat maxsus fanlar o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. Masalan, 5A430101 – qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish mutaxassisligini tamomlagan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida 5430101 – qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishining o‘quv rejasidan o‘rin olgan bir qancha fanlardan mashg‘ulot olib borishi ko‘zda tutilgan. Bu fanlarni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin: 1-guruh: qishloq xo‘jalik texnik fanlari o‘qituvchisi (traktorlar va avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari); 2-guruh: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishga oid texnologik fanlar o‘qituvchisi (traktor va qishloq xo‘jalik mashinalaridan foydalanish, texnik servis, mashinalar ishonchligi va ta’mirlash asoslari, chorvachilik fermalarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va boshqalar); 3-guruh: umumtexnikaviy fanlar o‘qituvchisi (muhandislik va kompyuter grafikasi, issiqlik texnikasi, mahsulot sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari, konstruksion materiallar texnologiyasi va boshqalar); Demak, maxsus fanlar o‘qituvchisining pedagogik faoliyati biror bir predmet fan o‘qituvchisi pedagogik faoliyatidan tubdan farq qiladigan o‘ziga xos butun bir majmuaviy xossalarga ega bo‘lib, bu holat uning o‘rganishga turli xildagi bir qancha yondashuvlarni izlash zaruratini tug‘diradi. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi: Ta’lim- bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Bilim - kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi. Ko’nikma – ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi. Malaka – ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi. Kasbiy pedagogika- umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Didaktika-grekcha «didaskiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-tarbiya, ta’lim rivojlanish amalga oshadi. Metodika-pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. Mahorat –o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir. Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb –hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ishxarakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi.


XULOSA
Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, visual o’rgatuvchi tizim metodlaridan foydalanish o’quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. Aripov M. M, Imomov T, Irmuhamedov Z. M va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari: — Toshkent: O’zbekiston, 1‑qism. 2002y, 2‑qism. 2003y, — 168b


2. Таненбаум Э. Распределенные системы. Принципы и парадигмы / Э. Таненбаум, М. ван Стеен. — СПб.: Питер, 2003. — 877 с.: ил. — (Серия «Классика computer science’).
3. Infocom.uz sayti
Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling