Mavzu: Ta`lim qonuniyatlari Reja : “Qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmuni


Download 68.35 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi68.35 Kb.
#1198024
Bog'liq
Bo\'riyeva Nodira 3-mustaqil ish

Mavzu: Ta`lim qonuniyatlari

Reja :

1. “Qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmuni.

2. Ta’lim jarayoninig umumiy va xususiy qonuniyatlari.

3. Ta’lim tamoyillari va ularning tasnifi.

Tayyorladi : 403-guruh talabasi Bo`riyeva Nodira

Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari

  • Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.

Talim tamoyillari


Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari
    • o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir.

Ta`lim tamoyillari
umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.

Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Didaktik qonuniyatlar.
  • Gnoseologik qonuniyatlar.
  • Psixologik qonuniyatlar.
  • Kibernetik qonuniyatlar.
  • Sotsiologik qonuniyatlar.
  • Tashkiliy qonuniyatlar.

Sharq allomalarining pedagogik

  • Quyidagi jadvaldan Abu Ali Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadiSharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi

Buyuk allomalarning pedagogik qarashlari


Al-Xorazmiy (757-850 yillar)
Mustaqillik (ijodiy faollik);
kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik;
Al-Forobiy (870-950 yillar)
- amaliy va nazariy bilimlar ning hayot bilan bog’liqligi
- ilmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy metodi);
- mantiqiylik va ketma-ketlik;
- ilmiylik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba);
Al-Beruniy (973-1050 yillar)
o’quvchilarni ilmiy ma’lumot bilan qurollantirish;
ilmiy amaliyot;
tajriba va kuzatish;
o’qishning qulayligi (yaqindan uzoqqa, ma’lumdan no’malumga va boshqalar)
Al-Kindiy (800-871 yillar)
o’qitishning ilmiyligi va ongliligi;
anglash faoliyatini faollashtirish;
mantiqiy fikrlash;
k´rgazmalilik;
tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolar
Sa’diy (1184-1291 yillar)
bilimlarni amaliyotda qo’llash;
aqliy qobiliyatni rivojlantirish;
tizimlilik, bilimning tushunarliligi;
shaxsning faolligi tamoyili;
bilimning hayotiyligi amaliyot bilan bog’liqligi
mehnat ta’limi va boshqalarning yetakchilik roli

Ta’lim prinsiplari mohiyati

  • Ta’lim prinsiplari mohiyati
  • Didaktlar ta’lim prinsiplari mohiyatini yoritishda turli nuqtai nazarlarni asos qilib olishgan. K. Sosinitskiyning fikricha. Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uning fikricha, har bir prinsip ta’lim jarayonining muayyan komponentiga taaluqli: ko’rsatmalilik prinsipi ta’lim vositalariga, bola shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga bog’liq.
  • Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida belgilash g’oyasi ham mavjud. N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I Zagvyazinskiy ham o’quv-tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi.

Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:

  • Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;
  • Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
  • Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • I.A.KARIMOV ,,YUKSAK MA’NAVIYAT –YENGILMAS KUCH’’TOSHKENT MA’NAVIYAT ,2008-Y
  • AZIZXO’JAYEVA N.N PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK MAHORAT
  • PEDAGOGIK MAHORAT –TOSHKENT NIZOMIY NOMIDAGI TDPU 2006
  • INTERNET SAYTLARI

Download 68.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling