1-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funksional- tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning rivojlanish yo`nalishlari
Download 29.83 Kb.
|
1-Mavzu
MIKROKOMPYUTER yoki( shaxsiy kompyuter) stol usti yoki ixcham ko‘rinishda ishlab chiqarilib, undagi mikroprotsessor jamiki mantiqiy va arifmetik operatsiyalarni bajaradigan yagona markaziy protsessor sifatida qo‘llaniladi. Mikrokompyuterlar hisoblash mashinalarining to‘rtinchi va beshinchi avlodiga mansubdir. Noutbuklardan tashqari, olib yuriladigan (ko‘chma) kompyuterlar jumlasiga cho‘ntaki kompyuterlar – palmtoplar ham kiradi.
Mikrokompyuterlar XX asrning 70- yillari o‘rtasida paydo bo‘lib, idoralarda ish yuritish, kichik korxonalarning buxgalteriya hisoblarini bajarish, uyda ko‘ngil ocharlik qilish uchun mo‘ljallangan. Uning narxi, o‘sha yillarda keng tarqalgan katta hisoblash mashinalariga nisbatan ancha arzon, o‘lchamlari ham juda kichik bo‘lgan. Katta kompyuterlar, odatda, bir nechta foydalanuvchining bir vaqtda bajaradigan ishini ta’minlasa, ushbu kompyuter faqat bitta foydalanuvchining ishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan va shu bois ham uni shaxsiy kompyuter deb atash qabul qilingan. U katta hisoblash tizimlariga m(yeynfreym va minikompyuterlarga) nisbatan ish unumi sezilarli darajada pastligi bilan ajralib turadi. Ilk mikrokompyuterlar bir soniyada atigi 4 bit axborotga ishlov berishgan xolos. Vaqt o‘tib 8 bitli, 16 bitli va 32 bitli mikrokompyuterlar paydo bo‘ldi. Shaxsiy kompyuterlar rivoji, ularning bugungi kunga kelib, axborotning har-xil turiga ishlov beradigan, hisoblash mashinalari qo‘llaniladigan sohalar ko‘lamini kengaytirib yuborgan serunum qudratli qurilmalarga aylanib ketishiga olib keldi. Zamonaviy mikrokompyuterlar 80- yillarda yaratilgan minikopyuterlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning deyarli barchasiga ega. Bugungi mikrokompyuter quvvati, ko‘plab shaxsiy kompyuterlarni tarmoqqa ulagan tarzda server sifatida foydalanishga imkon beradi. Shaxsiy kompyuterlar ko‘chmas (stol ustiga o‘rnatiladigan) va ko‘chma ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi. Ko‘chmas mikrokompyuterlar, aksariyat hollarda, ichiga ichki qurilma va uzellar o‘rnatiladigan alohida tizim bloki hamda zamonaviy kompyuterdan foydalanishni tasavvur qilib bo‘lmaydigan alohida tashqi qurilmalardan (monitor, klaviatura va sichqondan) tashkil topadi. Zarurat tug‘ilganida, mikrokompyuterning tizim blokiga qo‘shimcha tashqi qurilmalar (misol uchun printer, skaner, akustik tizimlar, djoystik kabilar) ulanishi mumkin. Ko‘chma shaxsiy kompyuterlar avvalambor bloknot – noutbuk (ingl. notebook – yozuv daftari) ko‘rinishida tayyorlanishi bilan ma’lum. Noutbukda jamiki ichki va tashqi qurilmalar yagona korpusga birlashtirilgan bo‘lib, odatda, vazni 2-5 kg keladigan kichik chemodan ko‘rinishiga ega. Ko‘chmas mikrokompyuterga ulangani kabi, noutbukka ham qo‘shimcha tashqi qurilmalar ulanishi mumkin. Elektr ta’minoti bilan akkumulyator batareyalari vositasida ta’minlanadi. Mikrokompyuterlar IBM PC-mos keladigan (Ay-Bi-Em Pi-Si deb o‘qiladi) va IBM PC-mos kelmaydigan mikrokompyuterga farq qiladi. XX asrning 90- yillari xotimasida IBM PC-mos keladigan mikrokompyuterlar soni jahondagi kompyuterlar parkining to‘qson foizini tashkil etdi. IBM PC Amerikaning Ay-Bi-Em (IBM) kompaniyasi tomonidan 1981 yilning avgust oyida yaratilgan edi. Ushbu kompyuterning yaratilishida ochiq arxitektura tamoyili qo‘llanildi. Mazku tamoyil yig‘ilayotgan kompyuter konstruksiyasida tayyor yig‘ilgan blok va qurilmalar qo‘llanilishi hamda kompyuterning asosiy qurilmalari va ularni bir-biriga ulash usullari standartlashtirilishini anglatadi. Ochiq arxitektura tamoyili oson yig‘iladigan IBM PC-mos keladigan mikrokompyuter-klonlar keng ko‘lamda tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. Bunday kompyuterlarni yig‘ishga ko‘plab firmalar kirishib ketib, erkin raqobat sharoitida mikrokompyuterlar narxini bir necha barobar pasaytirib yuborishga, kompyuter ishlab chiqarish jarayoniga esa texnika sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlarni joriy etishga muvaffaq bo‘lishdi. Foydalanuvchilar esa o‘z mikrokompyuterlarini mustaqil ravishda modernizatsiya qilish, yuzlab ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlash imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. IBM PC-mos kelmaydigan mikrokompyuterlar orasida nisbatan keng tarqalgan yagona mikrokompyuter – Makintosh (Macintosh) kompyuteri sanaladi. Amerikaning Epl (Apple) firmasi tomonidan tayyorlangan Makintosh mikrokompyuterlari 1980 yildan e’tiboran IBM PC-mos keladigan mikrokompyuterga munosib raqobat qila oldi. Negaki, qimmatligiga qaramay, ushbu kompyuterlar foydalanuvchini ayoniy grafik interfeys bilan ta’minlagan, ishlatish jihatidan esa sezilarli darajada sodda bo‘lib, keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan edi. 1990 yildan boshlab, Makintoshlar va IBM PClar orasidagi tafovut tobora barham topa boshladi. Negaki, IBM PC kompyuterlari grafik interfeysga ega operatsion tizimlar (Windows, OS/2) va bunday tizimlar uchun mo‘ljallangan ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan ta’minlandi. Bugungi kunda Makintoshlar faqatgina stol usti nashriyotchiligiga oid tizimlar bozoridagina yetakchilik mavqeini saqlab bormoqda. XX asr 90- yillarining ikkinchi yarmiga kelib, global kompyuter tarmoqlari jadal ravnaq topa boshlagani bois, hayot sahnasida shaxsiy kompyuterning yangi turi, faqat kompyuter tarmog‘ida ishlash uchun mo‘ljallangan – tarmoq kompyuteri paydo bo‘ldi. Bunday kompyuterga disk asosidagi o‘z xotira qurilmasi va disk kiritish qurilmalariga ega bo‘lish shart bo‘lmay qoldi. Negaki, tarmoq kompyuteri operatsion tizim, zaruriy dasturlar va axborotni endi kompyuter tarmog‘idan olib ishlatadigan bo‘lib qoldi. Tarmoq kompyuterlari stol usti shaxsiy kompyuterlariga nisbatan sezilarli darajada arzonlashib borishi, ixtisoslashtirilgan (misol uchun, telefon aloqasi, chiptalarni bronlash va shu kabi) ilovalar bilan muntazam ishlaydigan firmalardagi va ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan kompyuterlar o‘rnini asta sekin egallab borishi taxmin qilinmoqda. Vazni 500 grammga bormaydigan, qo‘l kaftidek joy egallaydigan ixcham cho‘ntaki kompyuterlar (misol uchun, elektron organayzer yoki palmtop deb ataladigan qurilmalar) mikrokompyuterlarning alohida turi sanaladi. Palmtop (ingl. palmtop) ixcham mikrokompyuterlarning eng jajji, kishi cho‘ntagi yoki kaftiga bemalol joylashadigan turidir. Shu bois unga ikkinchi nom – handheld personal computer (HPC) kaft usti shaxsiy kompyuteri nomi berilgan. O‘z vaqtida aksariyat palmtoplarni IBM PC-mos keladigan mikrokompyuterlar deb e’tirof etib bo‘lmas edi. Negaki, palmtoplarda Intel x86 oilasiga mansub protsessorlari bilan mos kelmaydigan, faqat IBM PC-mos keladigan kompyuterlarda foydalaniladigan mikroprotsessorlar qo‘llanilgan. Elektr energiyasining oz miqdorini iste’mol qiladigan kaft usti shaxsiy kompyuteri batareyalar vositasida noutbukka nisbatan o‘nlab barobar uzoq vaqt ishlay oladi. Palmtoplardagi tezkor xotira qurilmasining hajmi 2-16 Mb ni tashkil etadi. Cho‘ntaki kompyuterlar alohida operatsion tizim bilan ta’minlanadi. Palmtoplar, odatda, organayzer vazifasini bajaradi, shuningdek, ulardan kalendar yoki yozuv daftarchasi sifatida foydalaniladi. XX asr 90- yillarining oxiridagina kompyuterlarning boshqa turlari bilan axborot almashinish, global kompyuter tarmoqlariga ulash imkonini beruvchi operatsion tizimlarga ega palmtoplar paydo bo‘ldi. Kaft usti shaxsiy kompyuteri, odatda, elektron pochta bilan ishlash uchun soddagina dastur va kompyuterlarning boshqa turlari bilan ma’lumot almashinish uchun mo‘ljallangan dasturlar bilan ta’minlanadi. Palmtop o‘lchami taxminan 20x10 sm, qalinligi 2-3 sm keladi. Cho‘ntaki kompyuterlar tarkibida ko‘chmas magnit disk asosidagi to‘plagich ham, disk kiritish qurilmasi ham bo‘lmaydi. Konstruktiv jihatdan ikkita o‘zaro ulangan panel ko‘rinishiga ega bo‘lib, yozuv daftarchasi kabi yopiladi. Ushbu panellardan biriga klaviatura, ikkinchisiga esa sezgir ekran joylashgan. Ularning ayrim modellari jajji klaviaturali bo‘lsa, ayrimlari umuman klaviaturasiz, ya’ni bitta panel ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Klaviaturasiz modellar ishi ekranga maxsus peroni bosish yoki ushbu pero vositasida ekranga chizish orqali boshqariladi. Kompek (Compaq), NEK (NEC), Filips (Philips), Epl (Apple), Xyulett-Pakkard (Hewlett-Packard), Soni (Sony), Psion P(sion) firmalari tomonidan tayyorlangan cho‘ntaki kompyuterlar bugungi kunda keng tarqalgan kompyuterlardir. Download 29.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling