1-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funksional- tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning rivojlanish yo`nalishlari
Download 29.83 Kb.
|
1-Mavzu
EHMlarning to‘rtinchi avlodi (1975 yildan boshlab). Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar, ya’ni 1sm. kub hajmda 100 mingtagacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda beshinchi avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qilinyapti. Ayniqsa, bu sohada XX asrning 80-yillarida Yaponiya olimlari taklif etgan beshinchi avlodning loyihasi diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko‘zda tutgan. Yaponiya olimlarinig ta’biricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og‘zaki gaplarni "eshitadigan" va "tushinadigan", matnlarni o‘qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan hamda "ko‘ra" oladigan, "tushunadigan" bo‘lishi kerak. Bunday kompyuterlar katta va o‘ta katta integral sxemalar asosida qurilishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o‘tkazilmoqda. Ular kompyuterlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalar vazifalarini o‘tayapti. Albatta, ushbu yo‘nalish bo‘yicha EHM qurish haqida gap yuritishga erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, kompyuterlarning yangi davrini boshlaydigan biokompyuterlarga ega bo‘lishimiz ham mumkin. Hisoblash texnikasi vositalarining tuzilishi va ularni ishlab chiqarishning takomillashuvi bilan elektron hisoblash mashinalarining yangilari paydo bo‘laveradi. Hozirda EHMlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: mikro, shaxsiy, mini, o‘rtacha tezlikda ishlaydigan, katta tezlikda ishlaydigan super EHMlar. Hozirgi kunda EHMlardan fizika, matematika, astronomiya, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalarida turli xil murakkab amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, jumladan, atom energetikasi, gidrotexnika inshootlarini qurish, kemasozlik, kosmik fazoni zabt etish va boshqa shu kabi ko‘plab sohalarning beqiyos darajada tez rivojlanib ketishi, shak-shubhasiz hisoblash texnikasining keng ko‘lamda samarali qo‘llanilayotganligi natijasidir. Hozirgi kunda EHMlar qo‘llanilmayotgan biror sohani topish qiyin, yaqin kelajakda uning yana ham kengroq rivojlanishi va inson faoliyatiga chuqurroq kirib borishi kutilmoqda. Download 29.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling