1-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funksional- tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning rivojlanish yo`nalishlari


Download 29.83 Kb.
bet7/11
Sana12.12.2021
Hajmi29.83 Kb.
#180347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu

EHMlarning ikkinchi avlodi (1950-1965 yillar) tranzistorlar (yarim o‘tkazgich va magnitli elementlar) tuzilgan bo‘lib, bu avlodga mansub mashinalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ular qo‘llanish sohasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda ma’lumotlarni ko‘proq, tezroq va ishonchli qayta ishlash imkoniyati yaratildi. EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Razdan-3, M-220, BESM-6, Mir, Nayiri, Minsk-22, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo‘yilgan masalalarni tez yechish imkoniyatini yaratidigan programmadan, ya’ni masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo‘lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin . Bunday EHMlarning o‘rtacha tezligi 100000 amal-sekund, xotirasiga 10000 tagacha so‘z sig‘adi.

Elektron hisoblash mashinalarining keyingi mukammallashuvi turli vazifalarni bajaruvchi moslamalarning yaratilishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida, element va sxemalarning o‘lchamlarini kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchligini oshirishni, xotira sig‘imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga asosan, mikroelektronikada tez orada 1 kub.sm hajmli kristallida eng kamida 5 dona elektronika elementini birlashtirgan elektron qurilma, ya’ni mitti integral sxemalar paydo bo‘la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo‘lgan barcha kamchiliklarning ancha qismini bartaraf etishga va yangi hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan moslamalarni juda ham kichiklashishiga olib keldi.


Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling