1-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning funksional- tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning rivojlanish yo`nalishlari


Elektron hisoblash mashinalari davri


Download 29.83 Kb.
bet5/11
Sana12.12.2021
Hajmi29.83 Kb.
#180347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu

Elektron hisoblash mashinalari davri. Elektromexanik mashinalar ham, o‘z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko‘p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan, yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug‘ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi elektron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo‘lida 1942-45 yillarda, birinchi bo‘lib AQSH dagi Pensilvaniya universitetida, axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron lampalar yordamida ishlovchi raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna og‘irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo‘lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi "ENIAK" deb nom oldi.

1946 yili Amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957 yy) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu xil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Keyinrok, AQShda va Buyuk Britaniyada "EDVAK", "EDSAK", "SEAK", "BINAK", "UNIVAK" va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yil elektron hisoblash mashinalari taraqqiyotining boshlanishi bo‘ldi.

Sobiq Ittifoqda birinchi elektron raqamli hisoblash mashinasini 1948 yilda rus olimi S. A. Lebedev boshchiligidagi guruh ishlab chiqdi. Ushbu kichik elektron hisoblash mashinasi (MESM) deb nomlangan mashina Ukraina Fanlar akademiyasining Elektronika institutida yaratildi. Uning kamchiligi xotirasida axborotni kam miqdorda saqlashi, qo‘polligi, amallar bajarishda aniqligi nisbatan kichikligida edi.

Tarixan qisqa davr ichida EHMning to‘rtta avlodi yaratildi. EHMlarni avlodlarga ajratishlarni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari asos qilib olinadi.


Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling