Xx asr 50-80-yillarda madaniy hayot. Reja


Download 433.49 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi433.49 Kb.
#1264576
  1   2

XX asr 50-80-yillarda madaniy hayot.
Reja:
1. Urushdan keyingi yillarda 1945-1985-yillarda Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti
2, Oʻzbekistonda 1946-1985-yillardagi manaviy-madaniy qaramlik va uning oqibatlari
3.50-80-yillarda Oʻzbekistonda madaniy hayot,mafkuraviy cheklanishlar
Urushdan keyingi yillarda 1945-1985-yillarda Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti
Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekiston xalq xoʻjaligining tinch qurilishga oʻtishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan boʻlsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki oʻrtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi.
Urushdan soʻng fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga katta hissa qoʻshgan Oʻzbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xoʻjaligini tinch qurilish yoʻliga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi.
Taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatlarining iqtisodini oʻnglab, hayot darajasini koʻtarishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch boʻldi. Sovet davlatining gʻoyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi.
Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilgʻor tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta oʻrin egallagan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall plani” asosida ajratilgan
Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron boʻlgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham gʻarb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini koʻrsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qoʻrgʻon” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi

Download 433.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling