1-Mavzu: Shisha va keramik materiallar turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi reja
Download 25.46 Kb.
|
1-Mavzu: Shisha va keramik materiallar turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi REJA: Kirish. Shisha va keramik materiallarning rivojlanish bosqichlari. Shisha va keramik materiallar ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi to’g’risida ma’lumot va uning zamonaviy holati. Fanning maqsad va vazifalari. Kimyo sanoatining muhim bir bo’ginlaridan biri bu – shisha ishlab chiqarish sanoatidir. Shisha sanoatini rivojlanishi bevosita jamiyat rivojlanishi bilan bog’liq. Tabiatda shisha bilan raqobatlasha oladigan moddalar juda kam. Chunki shisha shaffof, tiniq, issiqlikka va sovuq iqlimga, ishqoriy muhitlarga ham chidamli bo’lib korroziyaga ham bardoshli. Yillar mobaynida ulkan tog’lar ham korroziyaga uchrab yemirilishi mumkin. Lekin shisha yillar mobaynida ham har qanday ta’sir ostida ham yemirilmay asl holida turaveradi. Tabiiy shisha tarixi odamzot tarixidan katta. Vulqon otilishi, zilzila ro’y berishi, , momaqaldiroq gumburlashi kabi tabiat hodisalari tabiiy shishalar – obsidian va yashin shishalarining hosil bo’lishiga sababchi bo’lgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham shishasozlik qadimdan boshlangan. Uning taraqqiy etgan davri o’rta asrlarga to’gri keladi. Mashxur ensiklopedist olimlardan Abu Rayhon Beruniy , Abu Bakr Muhammad ibn Zakriyo ar-Roziy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar shishasozlik texnikasi bu yerda qadimgi Misrdagiga nisbatan yuqoriroq saviyada olib borilganligidan dalolat beradi. Shishasozlik Yevropa davlatlari orasida birinchi bo’lib Venetsiyada, biroz keyinroq Kiyev shahrida taraqqiy topa boshladi. Venetsiyalik masterlar shishadan did bilan nozik vaza , kubok kabi buyumlar yasashar, ularni emal bilan jipslashtirishar, yuzasiga tilla zarxal yuritishar, turli-tuman chiziqlar bilan bezashar edi. Rangli shisha olish ham birinchi marotaba vanetsiyada ro’y bergan. Nomi tarix uchun noma’lum bo’lgan muranolik usta mayda jins chiqindisini yuqori haroratda eritib qoplanayotgan shisha ustiga tushirib yuborgan. Natijada, ishlov berilgan va qotib qolgan shishaning mis ta’sirida tabiiy avantyuringga o’xshab to’q qizil rangda jilovlanishi ma’lum bo’lib qoladi. Rossiyada shishasozlikning rivojlanishida M.V Lomonosovning xizmati katta. U dunyoda birinchi bo’lib, shishasozlikning asoslarini ishlab chiqdi va tadqiqot natijasini Ust-Ruditsk rangli shisha buyumlari yasash fabrikasida ishlab chiqarishga tadbiq etdi. Fabrika geniral rus olimi ma’lumotlari asosida rangli mozaika, shokila, tumor, osma lampa, qirralangan kompozitsiya, tamakidon, atirdon, siyohdon, shishagul, quyma doska, termometr, gul vaza kabilarni ishlab chiqardi. XX-asr davomida O’zbekistonda qator shisha korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Shular orasiga Chirchiq oyna zavodi, Toshkent shisha idishlari zavodi, Quvasoy banka zavodi, Toshkent “Oniks” ishlab chiqarish birlashmasi kabi korxonalar kiradi. XXI-asr boshlarida esa Toshkent shahrida “Farm-Glass” va “Tibbiy-glass” qo’shma korxonalari barpo etildi. Hozirgi kunda Respublikamizda shishasozlikning rivojiga N.A Sirojiddinov, S.S.Qosimova, A.A. Ismatov, M.Yu.Yunusov, D.U To’laganov, V.B. Ilganayev, M.X Oripova, E.X. Rustamov va boshqalar salmoqli hissa qo’shmoqdalar. O’zbekistonda bunday shishalar ishlab chiqarishga Respublika hukumati katta ahamiyat bermoqda. Toshkent shahrida joylashgan “Oniks’ xissadorlik jamiyatiga qarashli birlashmada maishiy xo’jalik shishalarining ikki asosiy turi qo’rg’oshinli billur va qo’rg’oshinsiz rangli shisha buyumlari katta miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Tara shishasi esa Toshkentdgi «Farmglass» , Fargonadagi “Quvasoy kvars’ korxonalarida ko’plab ishlab chiqarilmoqda. “O’zmevasabzavotuzumsanoat” xolding uyushmasi tasarrufidagi shisha korxonasida ham turli tuman tara vazifasini bajaradigan shisha buyumlari ishlab chiqariladi. Keyingi vaqtlarda respublikada o’rta va kichik biznesning rivoj topishi tufayli maishiy xo’jalik shishalarini ishlab chiqaruvchi o’nlab kichik korxonalar qurildi Umuman olganda shisha deb nimaga aytamiz? Shisha deb ishqorli va gil tuproq ishqorli silikatlarni yuqori haroratda eritilishidan hosil bo’lgan quyuq bo’tqa tez sovutilsa, u shishasimon moddaga aylanishiga aytamiz. Shisha amorf modda. Uning siqilishdagi va egilishdagi mustahkamligi strukturasiga bog’liq emas. Shuning uchun umuman bir jinsli bolganligi sababli shishaning mustahkamligi hamma yerida bir xil boladi. Shuning uchun ham shisha turli maqsadlarda, texnikada, qurilish materiali va turli xil shisha idishlar tayyorlashda va tok o’tkazuvchanligi juda past bolganligi sababli izolyator sifatida ham qo’llaniladi. Yakka holda eritish va va sovutish yo’li bilan olingan amorf modda hosil qiluvchi element, oksid, kimyoviy birikma shisha hosil qiluvchilar deyiladi. Ular qatoriga oltingugurt, selen, margimush, fosfor, uglerod kabilar kiradi. Hozirgi kunda sanoatda keng ko’lamda ishlab chiqarilgan shishalarga qurilish shishasi va shisha idishlar kiradi. Qurilish maqsadlari uchun ishlab chiqariladigan shisha buyumning xiliga va xomashyoning tarkibiga qarab mahsus shisha erituvchi humdonlarda 1500C gacha haroratda ishlab chiqariladi. Shishani qo’llanishi maqsadiga qarab xomashyo tarkibiga turli qo’shimchalar qo’shiladi. Qo’llanilishiga qarab qurilish shishalarining bir necha turlari mavjud va ular quyidagi to’rtta gruppaga bo’linadi. 1-List shisha-deraza oynasi, foto shishasi , naqshli shisha , silliqlangan shisha va boshqalar 2-Qurilish-arxitektura shishasi- shishadan yasalgan konstruktiv qurilish elementlari kabilar kiradi. 3- Ko’pirgan shisha – issiqlik izometriyasini ta’minlovchi shisha paxta , tovush yutuvchi izometsion material filtrlovchi g’ovak shisha texnika maqsadlarida ishlatiladi 4- Shisha quvurlar – devorining qalinligi 1-2 mm va diametri 0,1—40 mm bo’lgan yupqa tanali quvurlar shular jumlasidandir. Maishiy xo’jalik shishalarining turlari asosan 3ta qismdan iborat : 1-Tara shishasi 2- Sortli shisha 3-Badiiy dekorativ buyumlar shishasi. Sifatli va badiiy –dekorativ shishalari ishlatilishiga qarab oshxona idishi , vino, ichimliklar idishi , vino , ichimliklar idishi va badiiy –dekorativ kabi turlarga ajratiladi. Shakllash turiga qarab esa bunday shishalar puflab shakllanadigan , presslash orqali tayyorlanadigan va presslash usuli bilan olinadigan buyumlar turiga bo’linadi. Yarim mahsulotga ishlov berish turiga qarab esa ular shakllash vaqtida badiiy bezak bilan qoplangan , gravirlash usulida ishlov berilgan, shlifovkadan o’tkazilgan va emal hamda bo’yoqlar yordamida badiiy-dekoratsiyalangan ikiki tarkibli shishani qavatma-qavat yopishtirish usulida olinganga bo’linadi. Tarkibiga qarab esa qo’rgoshin oksidli va qo’rgoshinsiz tarkiblilarga ajratiladi. Maishiy –xo’jalik shishasidan stakan , ryumka , butilka , banka kabi ro’zgor uchun kerakli buyumlar tayyorlanadi San’at mahsulotiga yaqin turgan billur buyumlarni aytmaysizmi ? U berayotgan jilvalarni yana qanday moddada uchratish mumkin. Bunday shishadan tayyorlangan qo’ra, grafin, amphora, qadax, flakon, savatcha , vaza manzarali lagan, patnis, kuboklarga chiroy berish va shaffoflik jihatidan qanday buyum tenglasha oladi ? Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar asosida davriy sistemaning IV- gruppasiga kiruvchi kremniy elementi yotadi. Bu element jonsiz tabiat uchun muxim element hisoblanadi. U temirsimon rangga ega boʻlgan qattiq va moʻrt moddadir. Kristall panjarasi mustaxkamligi sababli past temperaturada biroz passiv xarakat qiladi. Kremniyning kislorodli birikmasi kremniy (IV) oksidi - SiO2 boʻlib, unga tegishli kislotalar formulasi nSiO2 •mH2O ga toʻgʻri keladi: SiO2•H2O yoki H2SiO3- metakremniy kislotasi; SiO2•2 H2O yoki H4SiO4- ortokremniy kislotasi; 2SiO2•3 H2O yoki H6Si2O7- dikremniy kislotasi. Bu kislotalarning tuzlari meta-, orto- va disilikatlar deb ataladi. Lekin silikatlar texnologiyasida Al2O3, ZrO2, TiO2, PbO, MgO, CaO kabi koʻp sonli moddalar bilan ishlashga toʻgʻri keladi. Bunday moddalar tarkibida kremniyga oid moddalar yoʻq. Shunga qaramasdan silikatlar texnologiyasi usullari boʻyicha ular bilan ish olib boriladi. Materiallarning bu qismi qiyin eruvchi nometall moddalar nomi bilan ataladi. Endi silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar xolati ustida biroz toʻxtaymiz. Maʼlumki, tabiatda barcha jismlar uch agregat xolatida uchraydi: 1.Gaz shaklida. Ularga oddiy va ionlashgan gaz (plazma)lar kiradi; 2.Suyuqlik shaklida. Ular oddiy suyuqlik va suyuq kristallarga boʻlinadi; 3.Qattiq modda shaklida. Kristall (temir, osh tuzi va boshqalar) va amorf moddalar (shisha, smola va boshqalar) shular turkumidan. Keramika maxsulotlari uchun tipik xolat poli- va monokristallik strukturali xolatdir. Shisha maxsulotlari esa gudron, kanifol, smola modda-lari singari qattiq nokristall tuzilishga ega. Bogʻlovchi moddalar uchun poli-kristallik xolati tabiiy xolatdir. Shunday boʻlishiga qaramasdan silikat maxsulotlarining deyarli asosiy belgilari, ayniqsa ishlatiladigan xom-ashʼyo turi, ishlab chiqarish usuli va texnologik parametrlari jihatidan bir-biriga oʻxshab ketadi. Silikatlar sanoati xom-ashʼyosi boʻlgan bogʻlovchi moddalar ishlab chiqarishda gil (Al2O3 Download 25.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling