1-Mavzu: Shveysarning lavozim vazifalari Reja
Mehmonxonalarda turistlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari
Download 87.58 Kb.
|
maruza matn
Mehmonxonalarda turistlar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari.
Xavfsizlik xizmati mehmonlar, ularni va mehmonxona mulkini turli jinoiy elementlar tomonidan ehtimol tutilgan tajavvuzlardan himoya qilish uchun tuziladi. «Mehmonxona mulki» tushunchasiga uning obro‘si degan element ham qo‘shiladi. Mehmonxonalarda ro‘y beradigan jinoyatlarning katta qismi – har xil o‘g‘irliklardir. Ta’kidlash kerak, asosiy o‘g‘irlik mehmonlarda emas, balki mehmonlar bilan bevosita aloqada bo‘lmagan mehmonxona bo‘linmalarida sodir bo‘ladi. Shunday mijozlar ham borki, jo‘nab ketayotganida mehmonxona sochig‘i yoki choyshabini, suvenir-sigareta kuldonini chamadoniga tiqadi. Bunday hollarda mehmonxonalar ularni xushlamagan mijozlari ro‘yxatiga kiritadi. Ushbu ro‘yxatga shuningdek mehmonxona ustidan arz qilib yaxshigina tavon puli undirish uchun mehmonxona xodimlari bilan ataylab majora chiqaradigan mijozlar ham kiritiladi. Xavfsizlik xizmatining asosiy vazifasi – qilingan jinoyatlarni tergov qilish emas, balki ularning oldini olishdir. Buni alohida e’tiborga, nazarga olish kerak, xavfsizlik xizmati xodimining huquqlari tergov chog‘ida politsiyanikidan ancha cheklangan bo‘ladi: ular so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish va boshqa harakatlarga haqli emas. Xavfsizlik xizmatining samarali ishlashi uchun uni mehmonxona boshqa xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilishlari muhimdir. Avvalo, moliya deportamenti va bo‘lim xodimlari bilan. Xavfsizlik xizmati nazorati moliyaviy nazorat bo‘lib, u bilan qo‘shib olib borilishi kerak. mehmonxona xavfsizlik xizmati quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: mehmonlarning mehmonxonada bo‘lgan vaqtida (xavfsizligi va shaxsiy mulkini qo‘riqlashni ta’minlaydi; mehmonxona mulkini dushmanlik harakatlari – o‘g‘irlash, vandalizm va h.k.dan himoyalash; mehmonxonalarning barcha binolari, u yerda bor mulkni hujumdan, terrorchilikdan, sabotaj paydo bo‘lishidan, xalq noroziligi va h.k.dan himoyasini ta’minlash; jamoat tartibini saqlash va mehmonxonaning barcha joylari doirasida tegishli nazoratni ta’minlash; mehmonlar mehmonxonaga kelganida ularning tinchligi, osoishtaligi va konfidensialligini ta’minlash; mehmonxona xodimi, vrach, politsiya aralashuvi talab qilinayotgan voqea- hodisalar ro‘y bergan xollarida shoshilinch va samarali yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;mehmonxona barcha xodimlarining halolligi, pokligi va vijdonligini kafolatlash; mehmonxonada yuqori lavozimli shaxslar xavfsizligini oshirish bo‘yicha maxsus xizmatlar ko‘rsatilishini kafolatlash imkoniyatini ta’minlash. Download 87.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling