1-mavzu. Sifat, mahsulot sifatini boshqarish. Reja


Sifat – Xususiy tafsilotlar majmuining talablarga muvofiqlik darajasi. Tafsilot


Download 27.71 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi27.71 Kb.
#1277245
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Sifat – Xususiy tafsilotlar majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.
Tafsilot (xarakteristika) – Farqlantiruvchi xossa.
Mahsulot xossasi – Sifatning boshlang‘ich tafsiloti, ya’ni mahsulotni yaratish, foydalanish (iste’mol qilish) da namoyon bo‘ladigan ob’ektiv xususiyatlari. Mahsulot sifatini tashkil etuvchi xossalarining miqdoriy tafsiloti, mahsulotning yaratilish va foydalanish (qo‘llanish) ma’lum sharoitlariga nisbatan qaralganda, mahsulot sifati ko‘rstkichi deb ataladi.
Mahsulotning parametrlari sifat tarkibiga kirgan mahsulot xossalarini ham, boshqa xossalarini ham miqdoriy tavsiflaydi. “Parametr” tushunchasi “sifat ko‘rsatkichlari” tushunchasiga nisbatan ancha keng. Masalan, metall kesishg asboblarining ish unumi ko‘rsatkichlari keskichning konstruktiv parametrlari bo‘lmish shakllari va geometrik o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot sifati darajasi – Baholanadigan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari qiymatlarini mos ko‘rsatkichlarining tayanch (bazviy) qiymatlariga taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tafsiloti. Mahsulot sifatining darajasi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari jarayonida o‘rnatiladi, ishlab chiqarish jarayonida ta’minlanadi va foydalanish (iste’mol qilish) da saqlanadi.
Mahsulotning texnik darajasi – Baholanadigan mahsulotning texnik mukammalligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qiymatlarini mos tayanch qiymatlariga taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tafsiloti.
Texnik mukammallik – Mahsulotni yaratishda qabul qilingan texnik echimning iste’molchi nuqtai nazaridan qanchalik muvaffaqiyatli ekanligini aniqlovchi mahsulot xossasi. Texnik mukammallik ko‘rsatkichlari mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, mashinasozlik buyumlari uchun ko‘rsatkichlar – konstruksiyaning va boshqarishning oddiyligi, energiyaning solishtitma sarfi, ish unumi; energetik mashinasozlik buyumlari uchun – foydali ish koeffitsienti, tikuvchilik buyumlari uchun – bo‘yoqning puxtaligi, bir buyumga gazlama sarfi; oziq-ovqat mahsulotlari uchun – kaloriyalilik va h.k. (Ko‘pincha “Mahsulotning texnik darajasi, mahsulot darajasi, tayyorlash sifati darajasi va mahsulotning foydalanishdagi yoki iste’mol qilishdagi sifat darajasi” to‘g‘risida kompleks tushuncha qisqacha “Mahsulot texnik darajasi va sifati” yoki, yanada qisqa “mahsulot sifati darajasi” deb ataladi).

Download 27.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling