1-mavzu. Sifat, mahsulot sifatini boshqarish. Reja


Download 27.71 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi27.71 Kb.
#1277245
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Mafkuraviy kichik tizim barcha darajadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, ilmiy-texnikaviy istiqbolga ko‘maklashish kengashlarining, sifat muammolari bo‘yicha jamoat metodik kengashlarining tavsiyanomalarini o‘z ichiga qamraydi.
O‘zbekiston korxonalarida sifat tizimini yaratish va joriy etish 1974-1975 yillarda boshlandi. Bu ishlarga metodik rahbarlik O‘zdavstandart (M.N. Alimov, YU.A. Karaev, A.V. Firsov), sifatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimiga rahbarlik O‘z SSR O‘z FA HM li kibernetika instituti (V. Q. Qobulov, M.M. Mirag‘zamov) tomonidan olib borildi. MSB KT bo‘yicha tayanch korxonalar sifatida sanoatning 20 ga yaqin turli tarmoqlari belgilandi.
Tashkiliy-metodik kichik tizim doiralarida tizimni joriy etish reja-grafiklari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Republika, oblast, shahar, rayon sifat kabinetlari tashkil etildi, bular asosida O‘zdavstandart va uning hududiy idoralari O‘zbekiston respublikasi ilmiy-texnikaviy jamiyatlar Kengashi (O‘z RSNTO), O‘zbekiston mashinasozlik sanoati ilmiy-texnikaviy jamiyati (O‘z NTO mashprom) bilan hamkorlikda qator respublika va hududiy ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazildi. Sifat kabinetlari, Gosstandart Butun ittifoq malaka oshrish instituti Toshkent filiali VISM da doimiy ishlaydigan seminarlar, tayanch-konsultativ punktlar tashkil etildi.
“Pravda vostoka” gazektasi, O‘zsovprof, O‘zdavstandart, iqtisodiy tadqiqotlar instituti, O‘z NIINTI, O‘z RNTO “Sifatni boshqarish” sirtqi konferensiyalarni o‘tkazdi. “Ekonomika i jizn” jurnali qoshida sifat bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi, uning maqsadi – sifat muammolarini hal etishga keng ilmiy-texnikaviy jamoatchilikni jalb etish bo‘lgan. Kengash tarkibiga Gosplan, O‘zdavstandart, vazirliklar va mahkamalar, Xalq kontroli Qo‘mitasi, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (Tosh XXI), Butun ittifoq konyuktura va talab ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston filialining vakillari qatnashgan.
Quyida mahsulot sifatiga va sifatni miqdoriy baholashga oid asosiy atamalar keltirilgan.
Kvalimetriya – sifatni boshqarishda va standartlashtirishda qabul qilinadigan, qarorlarni asoslashda foydalaniladigan,sifatni baholashning miqdoriy metodlarini umumlashtiruvchi fan sohasi.

Download 27.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling