1-mavzu. Sifat, mahsulot sifatini boshqarish. Reja
Download 27.71 Kb.
|
1-mavzu
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar – Mahsulotni yaratish va ekspluatatsiya qilish (iste’mol qilish) ga moddiy-texnik boyliklar sarfini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar guruhi.Sifatni shakllantirish bosqichlari. Mahsulot sifati ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash bosqichlarida shakllantiriladi, tayyorlash jarayonida ta’minlanadi, muomala, sotish, foydalanish (iste’mol) bosqichlarida saqlanib turadi.
Mahsulotni yaratish, me’yoriy-texnik hujjatlar (standartlar va texnik shartlar, konstruktorlik va texnologik hujjatlar) ni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq asos bo‘ladi. Texnik topshiriqni ishlab chiquvchi-tashkilot buyurtmachi – asosiy iste’molchining talablari asosida yaratadi. Texnik topshiriqqa mahsulotning kutilayotgan texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlari kiritiladi, bunda vatan va xorijiy mamlakatlar fan va texnikasi yutuqlari, tayanch modelni standartlashtirish va birxillashtirishda erishilgan daraja, patent hujjatlarining tahlili, eksportga mo‘ljallangan mahsulot uchun esa tashqi bozor talablari va raqobatbardoshlik, kashfiyotlar tahlili ham hisobga olinadi. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlari tizimlari (MSKT – 4 sinf) davlat standartlariga amal qilinadi. Bu standartlar barcha tarmoqlarda mahsulotning har bir turi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari to‘liq nomenklaturasini o‘z ichiga olgan. Mahsulotning har qanday turi uchun quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan: mahsulotdan vazifasi bo‘yicha foydalanilganda foydali samarani tavsiflovchi va uning qo‘llanish doirasini aniqlovchi vazifa ko‘rsatkichlari; mahsulotdan muayyan sharoitlarda foydalanilganda puxtalik va ko‘pga chidamlilik (umrboqiylik) ko‘rsatkichlari; mahsulotni tayyorlash va ta’mirlashda mehnatning yuqori unumdor bo‘lishini ta’minlash uchun konstruktiv-texnologik echimlarning samaradorligini tavsiflovchi texnologiyaboplik ko‘rsatkichlari; mahsulotning ma’nodorlik, originallik, uyg‘unlashtiruvchanlik, yaxlitlik, muhitga va stilga muvofiqligi va b. xossalarini tavsiflovchi estetik ko‘rsatkichlar; mahsulotda standartlashtirilgan buyumlardan foydalanganlik darajasini va tarkibiy qismlarning birxillashtirilganlik darajasini tavsiflovchi standartlashtirish va birxillashtirish ko‘rsatkichlari; vatanda va xorijda patent bilan himoyalanganlik, shuningdek mahsulotning patent sofligini tavsiflovchi patent-huquqiy ko‘rsatkichlar; mahsulotni yaratishga, tayyorlashga va foydalanishga (iste’mol qilishga) harajatlarni, shuningdek foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aks ettiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Mehnat vositalari uchun massa, metall sig‘imi, materialning solishtirma va nisbiy sarfi, tezlik, yuk ko‘tarish kuchi, quvvat, ish unumi, xizmat ko‘rsatish va boshqarish qulayligi, tashqi o‘lchamlari, ishlov berish aniqligi, yuzaning g‘adir-budurligi, mexanizatsiyalashtirish, avtomalashtirish darajasi va b. kabi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Mehnat vositalarining sifati, asosan, ularning texnologiyabopligini, ya’ni qayta ishlashning osonligi va samaraligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Bu ko‘rsatkichlarning ko‘p qismi mehnat vositasining fizika-mexanikaviy xossalarini va kimyoviy tarkibini aks ettiradi. Iste’mol mahsulotlari uchun sub’ektiv baholash qo‘llaniladi. Mahsulot assortimenti alohida ahamiyatga ega. Mahsulot assortimenti uning navi va sifatini ham tavsiflaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun yog‘lik, mazadorlik, to‘yimlilik; kiyim va pardoz-andoz mollari uchun puxtalik, chidamlilik, xushbichimlik, xizmat muddati, fason bichimi model, rangi, modaga muvofiqligi, g‘ijimlanmaslik, bo‘yoqning mustahkamligi, gigroskopliligi, issiqdan saqlovchanligi va b. ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Xo‘jalikda kunda ishlatiladigan buyumlar, transport va madaniy inventar uchun sifat ko‘rsatkichlari mehnat vositalaring sifat ko‘rsatkichlariga o‘xshaydi, chunki ular uzoq foydalaniladigan narsalar hisoblanadi. Konyuktura (bozor ahvoli) va talabni puxta o‘rganish asosida, mahsulot sifati nafaqat o‘rnatilgan, balki kutilayotgan ehtiyojlarni ham qondirishi lozimligiga amal qilib, mumkin bo‘lgan echimlarning turli variantalrini tahlil qilish va ulardan eng yaxshisini tanlash asosida yaratuvchi-tashkilot texnik va texnik-iqtisodiy asoslangan texnik taklifni tuzadi. Buyurtmachi bilan kelishilgan, tasdiqlangan texnik taklif eskiz va texnik loyihalarni, ishchi konstruktorlik hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘ladi. Texnik hujjatlarni yaratishning har bir bosqichida ularning texnik takliflarda bayon etilgan talablarga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi. Download 27.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling