1-Mavzu: Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rnatilishi reja


Download 0.94 Mb.
bet10/71
Sana20.09.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1683012
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna

Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar biror narsa(rasm, yozuv, komanda, video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani xam shu guruhga kiritish mumkin, lekin u periferik qurilma emasde. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo‘la oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o‘quchi qurilmalar, mikrofon,…
Chiqarish qurilmalari. Biror narsa(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: printer, plotter, naushnik, kolonka, sambufer,
Saqlash qurilmalari. Bu qurilmalar ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo‘lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: qo‘shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, disk massivlari,
Tarmoq qurilmalari. Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,...
Umumiy hldda periferik qurilmalar shular, lekin IT sohasi rivojlangan sari bu qurilmalarning turlari ham ko‘payib bormoqda.
Mustahkamlovchi savollar:



  1. Laminatorni sozlash haqida ma`lumot bering?

  2. Shrederni sozlash haqida ma`lumot bering?

  3. Laminator va shrederni ishlatishni tushuntiring?

7-Mavzu: Muqovalash (pereplyot) qurilmalarining qo`llanilishi.
REJA:

  1. Muqovalash qurilmasi

  2. Muqovalash mashinalari turlari

  3. Muqovalash qurilmasining qo`llanilishi.

Ixtiyoriy bosma mahsulotini muqovalansa yanada ko`rkam va mustahkam bo`ladi. Zamonaviy muqovalash mashinalari xujjatlarni yuqori sifat darajasida tayyorlash imkonini beradi. Kichik mukovalash mashinalari yordamida ish xujjatlari, xisobotlar, bukletlar (reklamalar), kalendar va boshka qog`oz maxsulotlarini rasmiylashtirish mumkin. Bu kurilmalar bilan ishlash oddiy va maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi.


Muqovalash mashinalari:
- qog`ozlar to`plamini plastmassa yoki metall prujinalar bilan biriktirish;
- qog`ozlar to`llamini plastik plastina bilam biriktirish;
- kog`ozlar to`plamini termojild yordamida elimlash ishlarini bajaradi.
Plastmassa prujinalar bilan muqovalash. Bu muqovalashning oddiy usulidir:
- eng ingichka risolaadan 450 betlik hisobotgacha bo`lgan ishlarni muqovalash imkonini beradi;
- betlarni varaqlab chiqishni chegaralamaydi;
- nusxa olish uchun kulay;
- kerakli betlarni engil chiqarish, almashtirish yoki ko`shish imkonini beradi.
Mukovalangan xujjatni ranglar (kora, kulrang, oq, qizil, siyoxrang, yashil, sariq) va plastmassa prujinalar diametrini (6 dan 50 mm gacha) tanlash bilan xushbichim va ko`rkam kilish mumkin.
Compact Cotb Binder CB 3000, High Performance CB 350, Heavy Duty CB 400, elektr yuritmali Electrric SV 450, RM 12 mashinalari A4 shakldagi varaqlarni muqovalaydi.
Metall prujinalar bilan muqovalash. Bu muqovalash ham chiroyli ko`rinishni beradi, u oddiy va ishlatishda kulaydir. Unda A4 shakldagi 150 tagacha varaqni muqovalovchi diametri 5 mm dan 14 mm gacha bo`lgan oq, qoraqizil va ko`k prujinalar ishlatiladi.
Mashinaga misollar Somb Binder SV 600, Office Wire Binder WB 600.
Termomuqovalash. Mukovalashni eng oddiy va tez usulidir: maxsus jildga termoelim katlami bilan birga xujjatlar ko`yiladi va apparatga joylanadi, 40 sekunddan keyin yuqori sifatli mukova tayyor bo`ladi. Ularda turli xil jildlar: turli rangdagi, tuynukli va tuynuksiz, turli ko`rinishdagi (len, teri, saykal, kompozit, shaffof) va boshkalar ishlatiladi. Lekin termik ishlangan jildlardan xujjatlarni chikarib olish va ularga qo`shish umuman mumkin emas.
FKS Grafibing BIC 600, Fastbing Practic 210 (Finlandiya), TERMAL BINDER T90 va T95 mashinalari kalinligi 100 mm (200 varaq) bo`lgan A4 shaklli varaklar to`plamini muqovalash imkonini beradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling