1-Mavzu: Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rnatilishi reja


Download 0.94 Mb.
bet19/71
Sana20.09.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1683012
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna

Mustahkamlovchi savollar:



  1. Faks qurilmasi haqida ma`lumot bering?

  2. Faks qurilmasi tarixini ayting?

  3. Faks ning ishlash prinsipini tushuntiring?.


11-Mavzu: Videoproyektor uskunalarini almashtirish.
REJA:

  1. Videoproyektor qurilmasi

  2. Videoproyektor turlari

  3. Videoproyektordan foydalanish.

Videoproyektor va ekran. Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintatsiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
Videoproyektor kompyuter va shunga o’xshash namoyish vositalarining alohida qo’shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo’ljallangan
“Multi” so’zi ko’pchilik deganini, media esa, video va audio bilan bog’liq jihatlarning hammasi, proektorning ma’nosi tushunarli, albatta, proektor – tasvirni proektsiya qilish (ko’rsatish) uchun qurilmani bildiradi. Zamonaviy videoproektor boshidan raqamli qurilma hisoblanadi, shuning uchun unga videomagnitofonni ham, DVD – pleer, videokamerani, televizor xamda kompьyuterni ulash mumkin.
Tasvirni oddiy ekranda ham ko’rsatish mumkin, yorug’lik o’tkazuvchi ekranga ham (proektor ekran orqasida turgan holat) tushirish, proektorni ekranga burchak ostida (gorizontal ham, vertikal ham) qo’yish mumkin, shipga «oyog’ini osmondan» qilib osib qo’yish mumkin. Multimediaproektor bir aniq belgilangan fokus masofasiga emas, shuning uchun proektorni turli joylarda va har xil masofada qo’yish mumkin. Zamonaviy proektorlardan xonani qorong’u qilmasdan uni kun bo’yi ishlatish mumkin. Eng portativ proektor tasvirni diagonalli 8 metrgacha o’lchamda ko’rsatishi, eng kuchlisi esa – 36 metr diagonalgacha ko’rsatishi mumkin. Uning ana shu har tomonlama «imkoniyatlariga» qaramay, bu qurilma foydalanishda maxsus bilimlarni talab etmaydi, og’irligi 1,5-5 kg. va kitob hajmidan to diplomat hajmigacha kattalikka ega. Eng kuchli professional proektorlar 38 kg og’ir bo’lmaydi.
Proektordan turli joylarda ham foydalanish mumkin. Undan quyidagi sharoitlarda foydalanish mumkin:
— uy kinoteatri uchun;
prezentatsiyalar uchun;
— ma’ruza (leksiya) mashg’ulotlari uchun;
— kontsert va tamoshalar uchun;
restoran va kafelarda;
— stentdlarda ko’rgazma faoliyati uchun;
— va nihoyat kinoteatrlarda ham.
Bizda Toshkentda deyarli hamma kinoteatrlarda aynan raqamli multimediyaproektorlardan foydalanadilar. chet davlarlarda qimmat kinoteatrlarda eng yangi plyonkali kinoproektorlardan foydalanadilar, lekin ovoz raqamli hajmli bo’ladi. Shunday qilib bu ma`noda tarix aylana harakat bilan ilgari bormoqda.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling