1-Mavzu: Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rnatilishi reja


Download 0.94 Mb.
bet25/71
Sana20.09.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1683012
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna

SCSI qurilmasiga harf tayinlash.
Agarda tizimda bir vaqtning o‘zida IDE va SCSI qattiq disklari o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday holatda ko‘pincha mavjud bo‘lgan BIOS talqinlari IDE diskiga C harfini belgilaydi va uni yuklanuvchi deb tayinlaydi. Bu BIOS sozlashlari bilan bog‘lik bo‘lib, kompyuterga DOSning tizim ko‘rgan birinchi faol bo‘limlari yo‘rdamida yuklanishni boshlashni buyuradi. Shu vaqtning o‘zida, IDEning asosiy kanaliga birlamchi moslama sifatida IDEning hohlagan disklari DOSning asosiy bo‘limini o‘z ichiga qamrab olib, avtomatik ravishda C diski bo‘ladi. 
Ammo shahsiy kompyuterning so‘ngi modellarida BIOS talqinlaridan foydalanilmoqda. Ular yuklanuvchi qurilmani tayinlashda SCSI va IDE interfeyslardan birini foydalanuvchiga tanlash xuquqini beradi. BIOS Setupning sozlashlarini tushunib olishga tizim platada berilgan hujjatlar, shuningdek, internetdagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning Web-saytidan topib ilingan ma’lumotlar yordam beradi.
Kelgusi bo‘limlarda SCSI diskining instalyatsiya jarayonini tavsifi beriladi.
SCSI eski diskini chiqarish. Tizimli blokining qopqog‘ini eching. Qattiq diskning orqa devoridagi yassi kabelni toping, qattiq diskning ulanish joyidagi birinchi kontaktda tugaydigan qizil chiziqli lentasimon kabelga ahamiyat bering. Kerak bo‘lganda eski qurilmani qaytadan joyiga xatosiz va tez joylashtirish uchun kabelga yopishqoq lenta yordamida yoki yumshoq marker bilan belgi qo‘ying. Yassi kabel va to‘rt simli kabelini tarmoqdan chiqaring. 
Yangi disk qoyiladigan joy, otsekkacha etib borish uchun yo‘l yo‘lakay tizimning ayrim boshqa tarkibiy qismlarini, masalan, blok pitaniyani, echish kerak bo‘ladi. Bu aniqsa shahsiy kompyuterning tizimli bloklariga tegishlidir.
Zamonaviy qattiq disklarning ko‘pchiligi tizim blokda vintlar yo‘rdamida qotiriladi. Bunday konstruktsuya kompyuter korpusidagi bo‘limlardan qurilmani osonlikcha chiqarib olishga yo‘l qo‘yadi. Ayrim modellarda, yo‘l ko‘rsatuvchilardan tashqari, qisqichlar ham mavjud, ular korpusning orqa devorida yoylashgan bo‘lib, tizim blokning ichida diskni ushlab turadilar. Konstruktsuyadan kelib chiqqan holda qattiq diskni chiqarish uchun avvalambor qisqichlarni ushlab turuvchi vintlarni burab chiqarish kerak yo‘ki qisqichlar prujina simon bo‘lsa, ularni bosish kerak. 
Ayrim modellarda qisqichlar va yo‘l boshlo‘vchilar yo‘q bo‘lib, disk vintlar yo‘rdamida bloklar bo‘yicha qotirilgan bo‘ladi. Barcha hollarda ham vintlarni yo‘qotmaslik lozim, ular yangi qattiq diskni joylasgtirishda kerak bo‘lishi mumkin.
O‘chirgich va ulagichlarni qo‘yish. SCSI interfeys shinasi, umumiy kanal orqali bir biri bilan bog‘lik bo‘lgan, ko‘plab kompyuterdan iborat miniatyur local tarmoqqa o‘xshaydi. Local tarmoq kabi, SCSI shinasiga ulangan har bir qurilma o‘z manzili yo‘ki o‘ziga xos ragamga ega bo‘lishi lozim. 
SCSI nazoratchi platasining raqami olatdagiday 7. Bunga birinchi SCSI interfeyslari davridan to yangi 15tadan 30tagacha qurilmani o‘zida mujassamlagan yangi nazoratchilargacha amal qiladilar. SCSIni ilk talginlarida 7 mansilga tegishli qurilmala zanjirning oxirida jo‘ylashgan,chunki nazoratchi 7dan ortiq qurilmalarni qollab quvatlamagan. Hozir nazoratchining qayerida joylashishidan qat’iy nazar, 7 raqam unikidir. Bu qoida ilk tizimlar va qurilmalar bilan bog‘liqlikni saqlab qoladi. Qolgan barcha raqamlar ekvivalent bo‘lib, yangi qattiq diskga berilishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, SCSI shinalarining ayrim manzillarini, 7dan tashqari, nazoratchi maxsus maqsadlar uchun rezervatsuya qilishi mumkin. Masalan, Adaptec 1542 nazoratchi modeli barcha ma’lum joylashtirilgan qurilmalardan 0 va 1 manzillarga egalarini aniqlaydi va ular bilan boshqacha o‘zaro muloqatga kirishadi. Natijada, qattiq disklardan biri 0 raqamli qurilma deb tayinlansa, kutilmagan qiyinchiliklarga yo‘liqish mumkin. Shinday ekan, nazoratchini qo‘yishdan oldin foydalanuvchilar yo‘riqnomasi bilan yaxshilab tanishib chiqing va o‘ziga hos xususiyatlarini o‘rganing. Yangi nazoratchi xarid qilganingizda albatta yo‘riqnoma so‘rang, chunki ko‘pchilik kartalarda “g‘amizliklar” uchraydi.
Qoshilgan tamomiy qurilmalarning tekshiruvi haqida yuqorida aytilgan. 
Tizim blokida qattiq disklarning qo‘yilishi va kabellarni ulash. Zamonaviy kompyuterlarning ko‘pchiligida, kompyuterning ichki qismidagi qattiq disklarni ushlab turuvchi yo‘naltiruvchilar (qattiq diskni yonlarida vintlar bilan qotirilgan gorizontal plastinalar) mavjuddir. Qoyiladigan SCSI qattiq diskiga yonaltiruvchini burang, undan so‘ng esa uni tizim blokining otseklaridan biriga o‘rnating. 
Lentasimon kabelni diskka ulang. Qattiq disk ulanish joyidagi birinchi kontakti kabelning biriktiruvchidagi 1 kontakti bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish esingizdan chiqmasin. So‘ngra 4 simli o‘tkazgichli oziqlantiradigan kabelni ulang. Shnur oxiridagi ulanish joyi to‘g‘ri to‘rt burchakli shaklda bo‘lishi kerak emasligiga ahamiyat bering. Uning diagonali bo‘yicha parallel ravishda 2 qoshni uchi kesilgan bo‘lishi kerak. Ulanish joyining bunday shakli, qattiq diskdagi ulanish joyiga elektr ta’minotni ulayotganda extiyot bo‘lish lozimligidan dalolat beradi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling