1-Mavzu: Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rnatilishi reja


Download 0.94 Mb.
bet13/71
Sana20.09.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1683012
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna

Mustahkamlovchi savollar:



  1. Plotter qurilmasi haqida ma`lumot bering?

  2. Plotter turlari aytib bering?

  3. Plotter qo`llaniladigan sohalarni ayting?.

9-Mavzu: Plotterlarning ishlash prinsipi.
REJA:

  1. Plotter ishlash tamoyili

  2. Plotter turlari

  3. Plotterni tanlash.

Plotterlar (plotter, grafik ko’ruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.


Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo’yicha ikki sinfga bo’linadi:
vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan birdaniga ikkita koordinata bo’yicha siljishi mumkin va tasvir qog’ozda kerakli to’g’ri va еgri chiziqlarni istalgan yo’nalishda bevosita chizib chiqish bilan yaratiladi;
• rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan faqat bir yo’nalishda bir vaqtning o’zida siljishi mumkin va tasvir qog’ozda satrma-satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi.
Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo’ladi.
Vektorli plotterlar faqat peroli bo’ladi, plotterlarning qolgan tiplari rastrlidir.
Plotterlarning turlari
Peroli plotterlar 
Peroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi еlektromexanik qurilma bo’lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi еlement yordamida chiziqlarni chizib chiqish yo’li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishik qog’ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar buyog’i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko’p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va bo’rchalar ishlatiladi.
Peroli ploterlar rulonli (o’ramli) va planshetli bo’lishi mumkin.
Rulonli plotterlar ixchamroq, ishlatishda ko’lay va aniqdir; ular ko’proq A1, AO formatli — yirik formatlic hizmalarni yaratish uchun ishlatiladi, shu bilan birga rulonli qog’ozdan varaqni o’rab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi.
Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi.
Siyoxda ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi, lekin yuqori bo’lmagan chizib chiqish tezligiga еga, chunki bo’yoqiing perodan chiqishi va uning ko’rishiga vaqt kerak bo’ladi. Bundan tashqari, suyuq bo’yoqli yozuvchi uzellar bo’yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan bo’yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat ko’rsatish va tozalashni talab еtadi. Kalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko’rsatish ancha oddiyroq va arzondir (kancelyariya dukonida sotib olinadigan grifel bilan oddiygina almashtiriladi).
Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o’zlarining tavsiflari bo’yicha yuqorida ko’rib o’tilganlar orasidagi holatni еgallaydi.
Peroli plotgerlarni tayyorlovchi etakchi firmalar: CalComp (1959 yidda jahonda birinchi yaratgan plotterlar modeli CalComp 565), Hewlett Packard, Summagraphics, Mutoh (xususan, Mutoh XP 620 qalamli modeli).
Aytish kerakki, peroli plotterlar doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli plotgerlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling