1-Mavzu: Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rnatilishi reja
Download 0.94 Mb.
|
1-Mavzu Skaner turlari va ishlash prinsipi. Skanerlarning o`rna
Mustahkamlovchi savollar:
Qattiq disk haqida ma`lumot bering? Qattiq disk turlarini ayting? Qattiq disk drayverini o`rnatishni tushuntiring? 17-Mavzu: UPS stabilizatori va ularning turlari REJA: UPS haqida UPS turlari UPS ishlash tartibi Bu qurilma UPS – Uninterruptable Power Supply (uzluksiz quvvat yetkazuvchi) deya nomlanadi va u ko‘pchilikka tanish. U elektr ta’minoti uzilib qolgan paytda elektron qurilmalarni ma’lum muddat elektr toki bilan ta’minlab tura oladi. Odatda UPS qurilmalari og‘ir va qimmat bo‘ladi. Asosan ulardan uy kompyuterlari o‘chib qolmasligi uchun foydalaniladi. Shaxsiy komp`yuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, komp`yuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy komp`yuterlar uchun kuchlanishning o‘zgarishi, ayniqsa keskin o‘zgarishlar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stalibizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o‘zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbaai o‘chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida komp`yuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt komp`yuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Komp`yuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagicha - stabilizator yoqiladi; - monitor yoqiladi; - protsessor yoqiladi; - printer kerak bo‘lsa, yoqiladi. Shundan keyin ekranda tekshiruvchi maxsus dastur natijalari, hamda operatsion tizimni ishga tushiruvchi dasturlar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion tizim ishga tushgach, u komandalarni berishni taklif qiladi. Komp`yuterdan to‘liq foydalanish to‘g‘ri o‘chirishga ham bog‘liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi - ishlayotgan dasturlar tugatiladi. printer yoqilgan bo‘lsa, o‘chiriladi. protsessor o‘chiriladi. monitor o‘chiriladi. stabilizator o‘chiriladi. Yangi qurilma UPS – Uninterruptable Power Supply (uzluksiz quvvat yetkazuvchi) deya nomlanadi va u ko‘pchilikka tanish. U elektr ta’minoti uzilib qolgan paytda elektron qurilmalarni ma’lum muddat elektr toki bilan ta’minlab tura oladi.Foto: GizmodoOdatda UPS qurilmalari og‘ir va qimmat bo‘ladi. Asosan ulardan uy kompyuterlari o‘chib qolmasligi uchun foydalaniladi.APC taqdim etgan Back-UPS connect 70 qurilmasi esa arzon va kichkina. Uning narxi 50 dollar bo‘lib, mobil elektron qurilmalar (noutbuk, planshet, smartfon yoki modem) uchun mos keladi. Bu haqda Gizmodo sayti xabar berdi.Agar elektr ta’minoti o‘chib qolsa, qurilma modem yoki ruterni uch yarim soat davomida elektr toki bilan ta’minlab tura oladi. Bu vaqt mobaynida electron qurilma yordamida qilayotgan ishingizni yakunlab olishingiz yoki uni boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz. APC taqdim etgan Back-UPS connect 70 qurilmasi esa arzon va kichkina. Uning narxi 50 dollar bo‘lib, mobil elektron qurilmalar (noutbuk, planshet, smartfon yoki modem) uchun mos keladi. Bu haqda Gizmodo sayti xabar berdi. Agar elektr ta’minoti o‘chib qolsa, qurilma modem yoki ruterni uch yarim soat davomida elektr toki bilan ta’minlab tura oladi. Bu vaqt mobaynida electron qurilma yordamida qilayotgan ishingizni yakunlab olishingiz yoki uni boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz. Agar elektr tarmog‘ida elektr ta’minoti muammoli bo‘lsa, unda noutbuk akkumulyatori batareyasi UPS (uzluksiz ta’minot manbai) vazifasini o‘taydi hamda tok tarmog‘ida kuchlanish bo‘lganda ham akkumulyator hisobiga katta kondensator kabi ishlaydi! Shunday ekan, batareyani olib tashlashning hojati yo‘q. «O‘tmish avlodning» «zararli maslahatlari»? Ko‘pincha «eski noutbuk egalari» uzoq vaqt ishlash sharoitida akkumulyatorni olib tashlashni maslahat beradilar. Noutbuk ishonchli elektr tarmog‘ida bog‘lishi: go‘yo noutbukdan foydalanishda elektr tarmog‘i akkumulyatorni doimo quvvatlantiradi, bu esa uni umumiy ishga layoqatlilik muddatini qisqartiradi… Birinchidan, noutbuk akkumulyatori uning sig‘imi 95 foizdan tusha boshlashi bilan quvvatsizlana boshlaydi (quvvat olishning aniq darajasi noutbuk modeliga bo‘liq bo‘ladi). Ikkinchidan, akkumulyator ko‘p martali «quvvatsizlanish-quvvat olish» sikli bilan ishlashga mo‘ljallangan. Uchinchidan, noutbuk akkumulyatori tok bo‘lmaganda ham uzluksiz quvvat manbai vazifasini o‘taydi, noutbuk akkumulyatori bilan tok manbaidan quvvat oladi! To‘rtinchidan, noutbuk akkumulyatori muntazam foydalanilganda doimo «jangavor ruhda turadi», ya’ni doimo quvvatlangan bo‘ladi, bu esa ishga mobil holda tayyor turishini anglatadi. Agar akkumulyator noutbukdan uzilgan bo‘lsa, unda avtonom ishlashdan (masalan, xizmat safaridan) oldin uni noutbukka ulash va yetarli vaqt mobaynida (ko‘pincha baribir yetishmaydi!) manbadan quvvat olishi zarur, sababi har qanday akkumulyator u yoki bu darajada quvvatsizlanib boradi. Beshinchidan, agar avtonom ravishda, noutbukdan ko‘p foydalansangiz, unda bunday maslahatlardan foydalanish bema’nilikdir. Yuqorida bayon etilgan fikrlarning barchasi litiyli-ionli (Li-ion) akkumulyatorlar uchundir. Barcha shunday jihozlangan zamonaviy noutbuk modellari uchun muvofiq keladi. Li-ion-akkumulyatorlarida «xotira effekti» mavjud emas, shu bois ularni manbadan «quvvatga to‘yintirishda» ortiqcha ushlab turmaslik zarur. «Xotira effekti» nima? «Xotira effekti» bu akkumulyatorning qancha quvvatni sarflagani haqidagi axborotni «eslab qolishidir», necha marta quvvat olganini, uning to‘liq sig‘imi qandaydir miqdorda va necha marta energiya quvvati olishga mo‘ljallanganligini «hisobga olishi»dir. Shu sababli quvvati to‘liq tugallanmagan akkumulyator kam manba quvvatga ega bo‘lganda qancha zarur bo‘lsa, shunchadan ortiq manbani jamlay olmaydi. «Xotira effekti» ko‘pincha nikelli-kadmiyli (Ni-Cd), kam holatda esa — nikelli-metallogidridli (Ni-MH) akkumulyatordan iborat bo‘ladi. Akkumulyatorsiz noutbuk — bu noutbuk hisoblanmaydi yoki hali noutbuk emas? Statistika bo‘yicha noutbuk elektr quvvati 95% holatda ham ishlay oladi. Agar noutbukdan statsionar shaxsiy kompyuter sifatida foydalansangiz, elektr tarmog‘i uzluksiz bo‘lsa, unda akkumulyatorsiz ham ishlay olishingiz mumkin. Aytgandek, ko‘pgina kompaniyalar akkumulyatorsiz noutbuklarni ishlab chiqarmoqda, ular barqaror xaridorlarga ham ega (bunday noutbuklar bahosi, tabiiyki, akkumulyatorlilardan arzon bo‘ladi): masalan, Sony PCG-F610, Elitegroup DeskNote (i-Buddie), Tayvan ASUSTeK kompaniyasi akkumulyatorsiz noutbuklarni muvaffaqiyat bilan bozorga taqdim etmoqda. Noutbuk akumulyatorining xizmat muddati qancha? Statistik ma’lumotlar bo‘yicha noutbuk akkumulyatorining o‘rtacha xizmat muddati 2–3 yil (ayrim holda noutbuk xizmat muddati — 6–7 yil) dan iborat. Noutbuk akkumulyatorining xizmat muddati ko‘pgina: akkumulyator turi, sig‘imi, foydalanish sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Izoh: 1. Yangi noutbuk akkumulyatorida «to‘liq quvvat olish — to‘liq quvvatsizlanish — to‘liq quvvat olish» mashqlarini 3–5 marta takrorlash mumkin. 2. Noutbuk xarid qilganda (ayniqsa, internet-do‘konlarda), — agar ilgaridagi kabi (akkumulyatorli) noutbuk bo‘lsa, — uning texnik ko‘rsatkichlariga e’tibor qarating — «konstruktiv» akkumulyator mavjudligi doim alohida ko‘rsatiladi. 3. Agar noutbukda akkumulyator batareyasi kalibrovkasi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, BIOS Setup utilitlar vositasiga e’tibor qarating. 4. Agar noutbukda nikelli-kadmiy (Ni-Cd) yoki nikelli-metallogidrid (Ni-MH) akkumulyatori bo‘lsa, yuqoridagi «to‘liq quvvat olish — to‘liq quvvatsizlanish — to‘liq quvvat olish» mashqlarini tez-tez takrorlang. 5. Noutbuk akkumulyatori xona haroratiga moslashtirilgan bo‘lsa, diapazoni — Q10°C dan Q35°C bo‘lishi shart. 6. Li-ion-akkumulyatorining to‘liq quvvatlansizlanishiga yo‘l qo‘ymang. 7. Li-ion-akkumulyatorini ortiqcha zahiraga sotib olmang. 8. Noutbuk akkumulyatoridan — 3 soatgacha foydalaning. Nima uchun vaqt o‘tishi bilan batareya o‘zgaradi? Hamma gap noutbuk qurilmasi akkumulyatoridadir. Noutbuk batareyasi kontroller va elementlar blokidan iborat. Elementlar bloki akkumulyator quvvatini ushlab turadi, kontroller esa batareya quvvati darajasini ko‘rsatadi. Agar kontroller akkumulyator quvvati darajasini, masalan, 50% o‘rniga 30% sifatida noto‘g‘ri ko‘rsatsa, avtonom ish faoliyati 20 foizga qisqaradi. Bu holda noutbuk akkumulyatori kalibrovkasi samarali foyda beradi. Shuningdek, bir elementlar bloki quvvat olishi mumkin. Bunday hol yuzaga kelsa, noutbuk batareyasini ta’mirlash zarur. Noutbuk akkumulyatorini tiklash Kalibrovkani amalga oshirish uchun firma utilitasidan foydalanish afzal. Uni noutbugingiz ishlab chiqaruvchisi saytidan saqlab olish mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi saytida biror foydali maslahat topmasangiz, unda kalibrovkani eski ishonchli usulda amalga oshirganingiz ma’qul. Noutbuk batareyasini to‘liq quvvatlansizlantiramiz. Keyin quvvat darajasi tushib ketganidan so‘ng, batareyani to‘liq quvvat oldiramiz. Shunday kalibrovka evaziga kontroller quvvat darajasini to‘g‘ri ko‘rsatadi. Mazkur jarayonni unutmang va hech bo‘lmaganda oyda bir bor shu amalni takrorlang. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling