Eslatma: Savdo terminali o‘rnatish to‘g‘risida Bank bilan SSK o‘rtasida tuzilgan shartnomaning tegishli ilovasida “To‘lovni qaytarish” chekining shakli berilgan.
9. Agar Siz yashil tugmani bosib operatsiya ma’qullanishidan oldin biron bir sababga ko‘ra tovar/xizmatni xarid qilish operatsiyasi bajarilishidan bosh tortishga qaror qilsangiz, ko‘chma klaviatura/terminaldagi qizil tugmani bosish orqali uni bekor qilishingiz mumkin.
10. Agar Siz SSK terminalida tovarlar/xizmatlar uchun to‘lov operatsiyasi bajarib bo‘lingan tovarni biron bir sababga ko‘ra qaytarmoqchi bo‘lsangiz, belgilangan namunadagi “To‘lovni qaytarish” chekini rasmiylashtirish uchun SSK xodimiga murojaat qilishingiz lozim. SSK xodimi “To‘lovni qaytarish” chekida tovar nomi, bajarilgan tranzaksiya summasi, tovar/xizmat qaytarilishi sababi, karta va SSKning rekvizitlarini ko‘rsatishi kerak. “To‘lovni qaytarish” cheki uch nusxada to‘ldirilib, ushlovchi hamda SSK vakillari tomonidan imzolanadi. Ularning biri ushlovchiga beriladi, ikkinchisi SSKda qoladi va yana biri bankka topshiriladi. SSK “To‘lovni qaytarish” chekini o‘z muhri/shtampi bilan tasdiqlaydi. To‘g‘ri rasmiylashtirilgan “To‘lovni qaytarish” cheki bankka topshirilganidan keyin bank agar tegishli tranzaksiya uning plastik kartalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimiga muvaffaqiyatli kelib tushgan bo‘lsa, shu asosda “To‘lovni qaytarish” chekida ko‘rsatilgan tranzaksiya summasi miqdoridagi mablag‘larni ushlovchining MSKHga qaytaradi.
11. “Tovar/xizmat haqini to‘lash” operatsiyasini yakunlash.
Siz savdo terminalida qo‘shimcha ravishda:
- karta balansi to‘g‘risidagi axborotni qog‘ozga tushirishingiz yoki uni terminal displeyiga chiqarishingiz;
- karta bo‘yicha bajarilgan oxirgi 20ta yoki 30ta operatsiya ro‘yxatini (karta turiga qarab) ularning sanalari va summalari ko‘rsatilgan holda qog‘ozga chiqarishingiz;
- kartaning PIN1 va PIN2ni almashtirishingiz;
- mablag‘larning hammasini (tavsiya etilmaydi) yoki bir qismini kartaning KYoHdan KOHga o‘tkazishingiz;
- SSK xodimi yordamida “Mablag‘larni tushirish”, “Hisobvaraq balansi”, “Mualliflashtirish” operatsiyalarini bajarishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |