2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi reja
Download 0.84 Mb.
|
маруза 2
2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi REJA: 1.Tovar, mahsulot haqida tushuncha. 2. Tovarlar tasnifi 3. Tibbiy tovarlarning ta’riflari va tasnifi. 4.Tibbiyot tovarlarning O’zbekiston farmatsevtika bozoridagi holati. Tayanch so’zlar va iboralar:Mahsulot, tovar, xossalar,tasnif, turkum, tur, gurux, tovar nomi, rusum. Tovar, mahsulot haqida tushuncha Mahsulot –haqiqiy va potentsial ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan faoliyat natijasidir. Mahsulot oldiga ikkita vazifa qo’yiladi: albatta ishlab chiqarilgan bo’lishi va muayan iste’molchilarning ehtiyojini qondirishi zarur. Agarda mahsulot oldi-sotti (tijorat faoliyati) ob’ekti sifatida xizmat qilsa unda u tovarga aylanadi. Tovarlar - tijorat faoliyati ob’yektlari sifatida ko’plab belgilariga qarab guruhlarga bo’linadi. Ular ichida asosiysi – bajaradigan vazifasidir.Bajaradigan vazifasiga ko’ra, ular quyidagi turlarga bo’linadi: - iste’mol tovarlar - yakka tartibdagi iste’molchilarning shaxsan foydalanishga mo’ljallangan turlari; - sanoat tovarlari- boshqa tovarlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan va uning xom ashyo va texnologik ta’minotini yaratuvchi turlari; - tashkiliy texnika tovarlari- ma’muriy-boshqaruv faoliyatini tashkil qilishni yaxshilashga mo’ljallangan turlari. Tovarlar majmui deganda ularni ya’ni tovarlarni turkumi (sinfi), turi, guruhi, xilma-xilligi nazarda tutiladi. Tovarlar har bir turi turkumlarga taqsimlanadi. Taqsimlash asosini tovarlarning vazifasi va ehtiyojlarni qondirish darajasi tashkil etadi. Tovarlar turkumi - ehtiyojlarning umumlashtirilgan guruhlarini qondiruvchi ko’plab tovarlar. Iste’mol tovarlari turkumlaridan biri – tibbiyot tovarlari turkumidir. Tibbiyot tovarlar turkumi inson salomatligini ta’minlashda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan,tashxis quyish, davolash va kasallikni oldini olishda qo’llaniladi, shuningdek shaxsiy gigiena vositalari, bemorlarni parvarish qilish buyumlarni sifatida, tez yordam ko’rsatish uchun foydalaniladi va h.k. Turkumlar ishlatilayotgan xom ashyo va vazifasiga bog’liq holda kichik turkumlar, guruhlar, turlar va xilma-xilliklarga bo’linadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling