2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi reja


Tibbiy uskunalar(priborlar)


Download 0.84 Mb.
bet5/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1235228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
маруза 2

Tibbiy uskunalar(priborlar) – tashhis qo’yish yoki profilaktika maqsadida inson organizmining holati haqidagi o’lchashlar axborotini olish, to’plash va (yoki) tahlil qilish, hamda aks ettirish uchun mo’ljallangan tibbiy texnika buyumlari.
Tibbiy uskunalar (priborlar)– bemor holatiga oid ma’lumotni olish,tashhis qo’yish yoki me’yordan og’ishlarni aniqlash imkonini beradigan qurilmalardir. Uskunalar ko’rsatuvchi, qayd etuvchi, kombinirlangan bo’ladi.
Ko’rsatuvchi uskunalar o’lchanayotgan miqdorlarni ko’z bilan asbobning hisob-raqam qurilmasi bo’yicha (tonometr, termometr va h.) aniqlash mumkin bo’lgan asboblardir. Qayd etuvchi uskunalarda o’lchanayotgan miqdorning ahamiyati muttasil yoki vaqti-vaqti bilan u yoki bu usul yordamida ko’pincha qog’oz tasmada siyoh yoki kinpolyonkada yorug’ nur bilan qayd etiladi. Mazkur uskunalar o’zi yozuvchi (kardiograflar, entsefalograflar va h.) deb ataladi.
Kombinirlagan uskunalarda indikatsiya, shuningdek o’lchanayotgan miqdorni qayd etish amalga oshiriladi. Yozilgan jarayonlarni tahlil qilish bo’yicha asboblar va qurilmalar mavjud.


1.2 rasm





Tibbiy apparatlar – inson organizmiga davolash yoki profilaktik ta’sirini ko’rsatish, yoki organizmdagi organlar va tizimlarning o’rnini bosish yohud funktsiyalarini tuzatish uchun mo’ljallangan tibbiy texnika buyumlari.
Tibbiy apparatlar – biror turdagi quvvat (issiqlik, nurlanish, elektr) ni organizmga umuman yoki tanlab, muayyan funktsional tizimga yoki a’zo (a’zolar guruhi) ga ta’sir o’tkazish maqsadida generatsiya qiluvchi qurilmalardir. Organizmning u yoki bu funktsional tizimlariga muayyan vaqt davomida o’rnini bosadigan buyumlar apparatlar sirasiga kiradi ( “Sun’iy buyrak” apparati, o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi uchun apparat va h.k).
Uskuna va apparatlar (umumiy «Tibbiy apparatura” nomi ostida birlashgan) – nomenklatura bo’yicha tibbiy tovarlarning eng murakkab va ko’p sonli guruhlaridan biridir. Ushbu sohada mudofaa majmuasiga mansub aksariyat korxonalar, yirik ilmiy tashkilotlar, kichik korxonalarning katta qismi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur guruhga mansub mahsulotlarni ishlab chiqarishda murakkab yuqori texnologik ishlov beruvchi asbob-uskunalardan foydalaniladi. Bu sohaga umumtexnika tayyorgarligiga ega bo’lgan malakali ilmiy va ishlab chiqarish kadrlari jalb etiladi.
Uskuna va apparatlar tibbiy tovarlar bozorining katta, boshqa guruhlarga nisbatan ortiqroq, hajmini egallaydi. Hozirgi paytda tibbiy apparatura bozorida endoskopik, rentgen, flyurografik texnika, o’pka sun’iy ventilyatsiyasi tizimlari, narkozli-nafas olish texnikasi, barokameralar, elektrokardiograflar, monitorlar, laboratoriya texnikasi ko’proq taqdim etilgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling