2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi reja


Tibbiy tovarlarning ta’riflari va tasnifi


Download 0.84 Mb.
bet3/7
Sana27.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1235228
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
маруза 2

Tibbiy tovarlarning ta’riflari va tasnifi.
Tibbiy mahsulotlarning jahon bozori doimiy ravishda o’sib va rivojlanib bormoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining axborotiga ko’ra 2000 yilda jahon bozoriga taqdim etilgan 1,5 mln turli hil tibbiyot mahsulotlarning qiymati 145 mlrd. dollardan ortiqni, 2002 yilda esa 149,2 mlrd. dollardan ortiqni tashkil etgan. Dunyodagi tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi sanoat bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi, hozirgi kun uchun jahon tibbiy mahsulotlar bozorining hajmi 260 mlrd. dollar bilan baholanadi.
Bunda ishlab chiqariladigan tibbiy mahsulotlarning umumiy hajmida AQSH mahsulotlari 43 foizni, Evropa iqtisodiy ittifoqi davlatlarining ulushi 26 foizni, YAponiya ulushi 14 foizni va qolgan mamlakatlarning ulushi 17 foizni tashkil qiladi. Ayrim mamlakatlarda tibbiy mahsulotlar sektorining byudjet mablag’lari tuzulmasiga ko’rsatadigan ta’siri farmatsevtika sektoriga nisbatan ortib ketadi.
O’zbekiston Respublikasining tibbiy tovarlar bozoridagi, xususan tibbiy texnika, tibbiy maqsadlardagi buyumlar, in vitro tashhis buyumlarining tovar aylanmasi hajmlarini baholash imkonini beradigan rasmiy manbalar yo’q. Farmatsevtika bozoridan farqli o’laroq tibbiy tovarlar sohasida marketing tadqiqotlar etarli darajada faol olib borilayotganligi yo’q. Ichki bozorga mahalliy va xorijda ishlab chiqarilayotgan tibbiy mahsulotlarni etkazib beruvchilar haqidagi axborotni yagona olish manbai – bu O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan dori vositalari va tibbiy texnikaning Davlat Reestridir. Biroq faqat ro’yxatga olish va inspektsion nazorat natijalari bo’yicha Respublikadagi tibbiy mahsulotlar bozorining holatini baholab bo’lmaydi. Shuning uchun tadqiqotlarni o’tkazish zarurati yuzaga keldi, chunki tibbiy tovarlar bozori haqidagi xolisona tahliliy axborot ham sog’liqni saqlash tashkilotlatchilari uchun, ham tibbiy mahsulotlarning asosiy iste’molchilari bo’lib hisoblanadigan tibbiy xizmatlarning ijrochilari uchun juda zarurdir.
Kasalliklarni tashhis qilinishi, davolanishi va profilaktikasini ta’minlovchi tibbiy tovarlar jumlasiga keng nomenklaturadagi priborlar, apparatlar, uskunalar, asboblar, sanitariya-gigiena va bemorlarni parvarishlash buyumlari, reaktivlar, reagentlar, test-tizimlar va boshqalar kiritilganligi sababli, tadqiqotlarni tasniflashdan boshlash kerak.
Tasniflash masalasi dolzarb bo’lib hisoblanadi, chunki u tibiyot tovarlarning ko’p sonli nomenklaturasini tartibga solish hamda pribor, apparat, tibbiy maqsaddagi buyumning toifasi, guruhi yoki guruhchasini aniq belgilash imkonini beradi. Bojxona va davlat statistikasi olib boriladigan tasniflash ko’pincha tibbiy tovarlarning maqsad-yo’nalishini identifikatsiya qilishi imkonini bermaydi. Masalan, tibbiy mahsulotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda foydalaniladigan tasnifi tibbiy mahsulotlarni TN VED kodlari bo’yicha guruhlanishidan keskin farq qiladi.
Tasnifning yaratilishi tibbiy va farmatsevtika tovarlar sohasidagi assortiment siyosatini amalga oshirishning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
Tasniflashga kirishishdan oldin, tibbiy va farmatsevtika tovarlar toifasini tashkil etuvchi tuzulmaviy birliklarga aniq tushuncha berib o’tish zarur.
Iste’mol tovarlaridan biri bo’lib hisoblanadigan tibbiyot tovarlari toifasi aholining salomatligini ta’minlash borasidagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan.
Tibbiyot tovarlari tibbiyotda tashhis qo’yish, davolash va profilaktika maqsadlarida foydalaniladigan ashyolar va buyumlarga ajratiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling