9-Ma’ruza. Kolonna apparatlar. Reja


Download 0.71 Mb.
bet1/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1112993
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-Ma’ruza. Kolonna apparatlar. Reja (1)


9-Ma’ruza. Kolonna apparatlar.


Reja:
1. Kolonnali apparatlarni hisoblash.
2. Shamol va seysmik ta'siri kuchlanishlarni hisoblash.
3. Kolonna apparatlarni muvozanati va mustahkamligi.
4. Mustahkamlikka hisoblash me'yor va usullari.
5. Mustahkamlik va muvozanatni ta'minlovchi hisobiy kuchlanishni aniqlash.
6. Kolonna apparatlar korpusida kontakt qurilmalarini mustahkamlashning asosiy prinsiplari.
7. Turli kontakt qurilmalari elementlarini mustahkamlikka hisoblash.


Asosiy tushuncha va atamalar: Kolonnali apparatlar, kontakt qurilmalari, hisobiy kuchlanish.

Kolonnali apparatlar – rektifikatsion kolonnalar, adsorbsion, absorbsion, ekstraksion apparatlar metall sig‘imi bо‘yicha neftni qayta ishlash zavodlaridagi barcha qurilmalarning yarmidan kо‘pini tashkil etadi. Fazalarning kontakt usuliga kо‘ra kolonnali apparatlar tarelkali, nasadkali va plenkali turlarga, apparatdagi bosimga kо‘ra atmosfera bosimli, yuqori bosimli va vakuumli turlarga bо‘linadi. Ishlatiladigan barcha kolonnali apparatlarning 60 % i tarelkali va 40 % i nasadkali kolonnalardir. Tayyorlashning qiyinligi va tannarxining yuqoriligi sababli plenkali kolonnalar kam ishlatiladi.


Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga bо‘linadi:
1. Pog‘onali kontaktli qurilmalar (tarelkali kolonnalar);
2. Uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar).
Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga kо‘ra absorbsion kolonnalarga о‘xshash bо‘ladi. Rektifikatsion kalonnalarni hisoblash ham bir xil tipdagi absorbsion qurilmalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, sо‘ngra rektifikatsion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikatsion kalonnalar (absorber-lardan farqli) qо‘shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bо‘ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yо‘qolishini kamaytirish uchun rektifikatsion kalonnalar issiqlik himoyasi bilan qoplanadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling