9-Ma’ruza. Kolonna apparatlar. Reja


-rasm. Rotorli qurilmalarning kontakt qurilmalari (a,b)


Download 0.71 Mb.
bet5/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1112993
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-Ma’ruza. Kolonna apparatlar. Reja (1)

12.4-rasm. Rotorli qurilmalarning kontakt qurilmalari (a,b)
1–tarelka;2–patrubkalar;3–aylanuvchi konus;4–tomchi qaytargich; 5 – val; 6 – quyilish qurilmasi; 7 – valdagi teshiklar; 8 – tо‘lqinsimon parraklar.



12.5-rasm. Murakkab kolonna prinsipial sxemasi
1 – asosiy kolonna; 2 – stripping kolonnalar.
12.5-rasmda kо‘p komponentli aralashmani tо‘rtta fraksiyaga ajratadigan tarelkali murakkab kolonna tasvirlangan. Bunday kolonnaning afzalligi shundan iboratki, alohida joylashgan oddiy kolonnalarga nisbatan kam ishlab chiqarish maydonini egallaydi, tо‘yintirish faqat eng yuqori tarelka orqali amalga oshiriladi.
Kolonnada alohida joylashtirilgan stripping-kolonna deb nomlanuvchi uchta bug‘latish seksiyalari mavjud bо‘lib, ular umumiy korpusda joylashtirilgan. Seksiyalar qopqoqlar bilan ajratilgan. Har bir seksiya bir nechta tarelkalar bilan ta’minlangan.
Murakkab kolonnada aralashmaning ajratilishi quyidagi sxema bо‘yicha amalga oshiriladi. Kerakli haroratgacha isitilgan aralashma, birinchi kolonnaning ta’minlovchi qismiga beriladi. Birinchi kolonnada ajralgan asosan yengil uchuvchan fraksiya bug‘laridan iborat gazlar ikkinchi kolonnaga о‘tib, undan ikkinchi og‘irroq fraksiya qoldiq sifatida ajaratiladi. Qisman ikkinchi fraksiya bug‘lari bо‘lgan gazlar aralashmasi uchinchi kolonnaga о‘tib, undan qoldiq sifatida uchinchi fraksiya ajraladi. Kolonna yuqorisidan bug‘ holidagi tо‘rtinchi fraksiya ajratib olinadi.
Kolonna yuqorisida joylashgan parsial kondensator yordamida bug‘lar sovitiladi. Bunda bug‘larning bir qismi kondensatsiyalanadi va flegma hosil bо‘ladi. Hosil bо‘lgan flegma murakkab kolonna yuqorisidan uchinchi oddiy kolonna barcha tarelkalari orqali oqib о‘tadi. Ushbu kolonna pastki tarelkasidan bir qism flegma bug‘latish uchun stripping seksiyaga о‘tadi. Qolgan qismi esa ikkinchi oddiy kolonnada tо‘yintirish vazifasini bajaradi. Ikkinchi kolonnada ham shu jarayon takrorlanadi.
Oddiy kolonnalar pastki tarelkalarida yig‘ilgan fraksiyada ma’lum miqdorda chegaraviy fraksiya ham bо‘ladi. Fraksiyalarni sof holda ajratish uchun stripping seksiyalar pastki qismiga suv bug‘i beriladi. Suv bug‘i qiyin uchuvchan fraksiya bug‘lari bilan asosiy kolonnaga qaytiriladi. Qoldiq mahsulot esa har bir oddiy kolonna pastidan alohida fraksiya holida chiqariladi.
Kolonnalarni ishlatish. Kolonnalarning asosiy ekspluatatsion omillaridan biri bosimdir. Yuqori bosim asosan qaynash harorati past bо‘lgan uglevodorodlar aralashmalarini yuqori harorat rejimida ajratishda qо‘llaniladi. ektifikatsion kolonna balandligi bо‘yicha bosim о‘zgarib turadi. Bunga tarelkalarning gidravlik qarshiligi sabab bо‘ladi. Yuqori qaynash haroratiga ega bо‘lgan komponentlarni ajratish, yuqori molekulyar uglevodorodlar parchalanishining oldini olish maqsadida past haroratlarda amalga oshirilishi lozim. Bunday uglevodorodlar vakuum kolonnlarda haydaladi. Kolonnada bosimni kamaytirish yо‘li bilan uglevodorodlar qaynash harorati sun’iy ravishda pasaytiriladi. Mazutdan moyli distillyatlar olishda shunday kolonnalar ishlatiladi. 12.6-rasmda atmosfera – vakuumli qurilma vakuum kolonnasi tasvirlangan. Kolonna diametri 6,4 m ni tashkil etadi. Konsentratsion qismida 14-20 ta, bug‘latish qismida 4 ta tarelka о‘rnatilgan. Bug‘latish qismi diametri 3,2 m ni tashkil etadi. Buning sababi bu qismda bug‘ miqdori kamligi va ikkinchi tomondan gudronnig termik parchalanishi hamda tarelkalarda koks hosil bо‘lishining oldini olishdir.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling