Buyuk shaxslarni millat qayg’usi xalq dardi yaratadi


Download 26.76 Kb.
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi26.76 Kb.
#1464835
  1   2   3   4
Bog'liq
Buyuk shaxslarni millat qayg


Amir Temir davriga oid yozma manbaalar.
“Buyuk shaxslarni millat qayg’usi xalq dardi yaratadi” – degan edi birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov chindan ham millat qayg’usidan, xalq dardidan yaralgan Amir Temurday zotning dunyoga kelishi zamon zarurati va talabiga aylandi. Amir Temirning tarix saxnasi tomon kelishi zarurati yuzaga keldi. Usha davr ya’ni 14-asrning 50-60-yillari movoraunahrda siyosiy tarqoqlik va o’zaro kurashlar avj olgan bir vaqt bo’ladi. Ana shunday murakkab vaziyatda tarix va zamon o’z qahramonini jaxon maydoniga olib kelolgan edi.
Amir Temir yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan ma’daniyat xomiysi bo’lgan. Shuningdek u yirik markazlashgan davlat asoschisi. U Hindisdon hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va orol dengizidan fors qo’ltig’iga qadar g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan san’atga asos soldi. Amir Temir davlatni aql zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning “Davlat ishlarini 9-ulusini kengash, tadbir, mashvarat qolgan 1-ulusini qilich bilan amalga oshirdim” degan so’zlari uning yorqin dalilidir. Sohibqiron Amir Temir siymosi jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisadir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, jahon miqyosida ulkan iz qoldirgan buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Amir Temir hayoti va faoliyati xususida yaratilgan manbalarning soni bisyordir. Mazkur manbalar orqali Amir Temir va Temuriylar davri haqida chuqur bilimlarga ega bo’lamiz. Manbalar orasida Amir Temir va Temuriylar davri tarixini eng avvalo ularning o’ziga zamondosh bo’lgan muarrixlar tomonidan yozilgan asarlar ham mavjud. Bular o’z vaqtida harbiy yurishlarda ishtirok etgan kishilar bo’lgan yoki ular shunday shoxidlarning kundalik yozuvlari va estaliklardan foydalangan holda o’z asarlarini bitishgan. Bunday asarlar Amir Temir xususan Temuriylar davri tarixini o’rganish uchun va muhim va ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi. Ushbu maqolamizda biz shunday qimmatli manbalar sirasiga kiradigan asarlardan bir nechtasiga to’xtalib o’tamiz.



Download 26.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling