Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy
Temuriylar davriga oid ma’lumot beruvchi manbalardan yana biri Mu’iniddin Natanziyning Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy asaridir. U Isfahon shahriga qarashli undan qayirib 20 farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug’ilgan Ch.A.Sitorining ma’lumotlarga qaraganda asli seistonlik bo’lgan. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayx Mirzoning o’g’li) saroyda xizmat qilgan. Davlatshox Samarqandiyning so’zlariga qaraganida Mu’iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida va Iroqi Ajam va forsda shuxrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidan bo’lib ilmdan o’z zamonasining yetakchisi edim va Mirzo Iskandarning maqoma vaholati hamda tarixini yozgan. Mu’iniddin Natanziy Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy asaridir (Mu’iniyning saylangan tarixi) asari 1413-yili yozib tamomlagan. Ushbu asar Temurning o’g’li Shoxruz Mirzoga bag’ishlangan. Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy asaridir asari olamning yaratilishi Amir Temurning vafotigacha (1405-yil 18-fevral) musulmon mamlakatida yuz bergan voqealar haqida baxs yurittadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |