2- mavzu: Tibbiyot tovarlari, ularning tasnifi reja
Download 0.84 Mb.
|
маруза 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlarning kichik guruhi
- Tovarlarning turi
- Tovarlarning xilma-xilligi
- Tovarning nomi
Tovarlar tasnifi
Tovarlarning kichik turkumi – muayyan tafovutlarga ega bo’lgan ehtiyojlarning o’xshash guruhlarini qondiradigan ko’plab tovarlar. Tovarlar guruhi – ehtiyojlarning o’ziga xos guruhlarini qondiruvchi kichik tovarlar guruhi bo’lib, qo’llanilayotgan xom ashyo, tuzilishning xususiyatlariga bog’liqdir. Yuqorida bayon etilgan xulosaga 2 ta yirik guruhlar misol bo’lib xizmat qilishi mumkin: ashyolar(materiallar) va buyumlar. Ashyolar buyumlardan davolash-tashhis jarayonida qo’llanilganda takroran ishlatilishi mumkin emasligi bilan farq qiladi. Har bir ashyo bitta turdagi xom ashyodan tayyorlanadi. Masalan, bog’lash, choklash, plombalash ashyolari. Buyumlar bir necha marta ishlatishga va imkon qadar uzoq xizmat qilishga mo’ljallangan. Shu sababdan, ular pishiq va mustahkam ashyolardan yasaladi. Masalan, tibbiy asboblar, rezina va lateks buyumlar. Tovarlarning kichik guruhi – bir guruh tovarlar bilan umumiy vazifaga ega ko’plab kichik, lekin boshqa kichik guruhga mansub tovarlardan o’ziga xos belgilar bilan farqlanadigan ko’plab kichik tovarlar guruhi. Masalan, jarrohlik asboblari guruhi kichik guruhlarga – kesuvchi,qiskich, jarohat kengaytiruvchi va hokazo guruhlarga bo’linadi. Tovarlarning turi – yakka tartibda mo’ljallanganligi va o’xshash belgilar bilan bir-biridan farq qiladigan tovarlar yig’indisi. Masalan, quyidagi choklash ashyolari: ichak ipi (ketgut), ipak, kapron, lavsan va boshqalar. Ko’pincha tovarlar turi tashqi ko’rinishi, hidi, rangi, quyuq – suyuqligiga qarab aniqlanadi. Masalan, choklash ashyo turlari har xil ranglari bilan farqlanadi: jarrohlik ipagi – oq rangli, ketgut – oqish-sariqdan jigar ranggacha, kapron iplar esa yashil rangda chiqariladi. Tovarlarning xilma-xilligi – qator o’ziga xos belgilar bilan farqlanadigan bitta turga mansub tovarlar yig’indisi. Masalan, o’tkir uchli va tumtoq uchli, to’g’ri va egilgan uchlarga ega bo’lgan jarrohlik qaychilari va hokazo. Tovarlarning har biriga nom berilib, o’sha nomga asosan uni boshqa tovarlardan farqlash mumkin. Tovarning nomi – muayyan turdagi, o’z nomi bilan shu turdagi tovarlardan va o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadigan tovarlar yig’indisi. Masalan, Dalgren qisqichi, Jane shpritsi, Lister qaychisi. Tovarlar tovarshunoslik faoliyatining ob’ektlari sifatida o’zlarining assortiment, sifat, miqdor tasniflariga egadir, Ular tovarning iste’mol qiymatini yaratib, insonning haqqoniy ehtiyojlari (fiziologik, ijtimoiy, psixologik va h.k.) ni qondiradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling