Matematik standart funksiyalar haqida ma`lumot bering.
Vaqt va sana standart funksiyalari haqida tushuncha bering.
(Amaliy). Mahsulot jadvalining mahsulot narxi ustunidagi qiymatlarining butun qismi chiqarilsin.
Javoblar
1) Barcha tillarda bo’lgani kabi SQL tilida ham matematik funksiyalar mavjud.Bunday funksiyalar juda ko’pligi sababli ulardan bir nechtasi haqida ma’lumot beraman.
ABS(n)
MOD(n)
ROUND(n)
SQRT(n)
FLOOR(n)
ABS(n) – bu funksiya biror bir sonning modulini hisoblab qaytaradi.
abs(-7) – bu funksiyaning qiymati 7 ga teng bo’ladi.
MOD(n,m) – bu funksiya n sonini m soniga bo’lib qoldiq qismini qaytaradi.
mod(9,5) – bu funksiyaning qiymati 4 ga teng bo’ladi.
ROUND(n) – bu funksiya n sonini yaxlidlaydi.
round(4.6) – bu funksiyaning qiymati 5 ga teng bo’ladi.
SQRT(n) – bu funksiya n sonini kvadrat ildizini hisoblaydi.
sqrt(100) – bu funksiyaning qiymati 10 ga teng bo’ladi.
FLOOR(n) – bu funksiya n soni pasti nuqtaga qarab yaxlidlaydi.
Floor(5.6) – bu funksiyaning qiymati 5 ga teng bo’ladi.
2) CURTIME() – bu funksiya joriy vaqtni ko’rsatadi.
DATE(vaqt) – bu funksiya kiritilgan vaqtdan yil-oy-sana ma’lumotlarni qaytaradi.
DAYNAME(‘1998-02-05’) – bu funksiya kiritilgan sana qaysi qaysi hafta kuniga to’g’ri kelishini qaytaradi.
HOUR(’10:05:03) – bu funksiya kiritilgan vaqtdagi joriy soatni qaytaradi.
3)(Amaliy). Mahsulot jadvalining mahsulot narxi ustunidagi qiymatlarining butun qismi chiqarilsin.
SELECT ROUND([mahsulot narxi],0) FROM Mahsulot;
Do'stlaringiz bilan baham: |