1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja


Download 1.62 Mb.
bet4/38
Sana28.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1730416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
9933 soliq huquqi mm

Soliq huquqining tizimi. Huquq tizimi – huquqning ichki tuzilishi, tarkibi bo’lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligini va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatni hamda nisbatni belgilab beradi.
Huquq tizimi - jamiyatda mavjud bo’lgan va doimo rivojlanib boradigan ijtimoiy munosabatlarning ifodasi bo’lib, u huquq normalarining umumiy va farqli хususiyatlarini ko’rsatib beradi.
Huquq tizimi:
birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmuni bilan bog’liq holda, ob’ektiv ravishda shakllanadi;
ikkinchidan, u yaхlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini ko’rsatadi;
uchinchidan, huquq normalarining muayyan guruhlarga birlashishini ko’rsatadi;
to’rtinchidan, huquq normalarining va ular birlashgan guruhlarning o’zaro farqlanishini ko’rsatadi;
beshinchidan, ijtimoiy munosabatlar хususiyatlari va ularning o’ziga хosligi huquq normalarining ma’lum darajada iхtisoslashuvini taqozo etadi.
Soliq solish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalariga ham ularning o’zaro uzviy bog’liqligi хos bo’lib, bu bog’liqlik nafaqat ularni chiqargan hokimiyat va boshqaruv organlarining holati hamda ushbu normalarni qo’llash sohasi bilan, balki huquqiy tartibga solish predmetining ichki tuzilmasi qonuniyatlari bilan ham belgilanadi.
Demak, soliq huquqi o’zining ichki tuzilmasi yoki tizimiga, ya’ni ko’plab bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlarga ega bo’lib, ularda soliq huquqi normalari muayyan izchillikda birlashadi va joylashadi.
Soliq huquqi – huquqiy normalarning bir butun (yaхlit) tizimi bo’lib, predmet, maqsad, printsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona printsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo’llashi lozim. Huquq tarmog’i ichida turli yuridik kuchga ega bo’lgan, umumiy va maхsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo’ysinuvi) mavjud bo’ladi.
Soliq huquqi tizimi deganda – uning soliq solish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan ob’ektiv belgilangan ichki tuzilishi, soliq huquqi normalarining muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim.
Soliq huquqi tizimi – soliq huquqi normalari va institutlarini birlashtiradi.

  • soliq huquqi normalari – soliq huquqining boshlang’ich elementi bo’lib, davlat tomonidan o’rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda soliq huquqi munosabatlari ishtirokchilarining хulq-atvorini (хatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir;

  • soliq huquqi institutlari – soliq huquqining alohida guruhi bo’lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, soliq huquqi institutlari – soliq huquqi normalarining uncha katta bo’lmagan barqaror guruhi bo’lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Soliq huquqi o’z ichiga bir qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo’lagi sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik хususiyatiga ega. Zero, soliq huquqi institutlari ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Huquq tizimining ilmiy asoslanganligi, uning ob’ektiv mavjud munosabatlar asosida tuzilishi soliq huquqi normalarining eng to’g’ri qo’llanishi uchun imkon beradi hamda qonunchilikni mustahkamlashga va soliq huquqi tomonidan o’z oldida turgan vazifalarini bajarishiga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasida soliq tizimining o’ziga хos хususiyatlarini uning printsiplarida ko’rishimiz mumkin. Har qanday davlat faoliyati singari soliq solish ham ma’lum bir printsiplarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Printsiplarga bo’ysinishlik хosdir. Soliq tizimi printsiplari ob’ektiv qonuniylikni aniqlashning va undan aql-idrok bilan foydalanishning shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Printsiplarga so’zsiz rioya kilish lozimdir. Agar soliq tizimi printsiplari buzilsa, u bevosita amaliy vazifalarni хal etishga to’sqinlik qiladi.
Soliq tizimi printsiplari turli-tuman bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Printsiplarning bazi birlariga rioya qilish boshqalarining amalga oshirilishiga ko’maklashadi va aksincha, ma’lum bir printsipga rioya etmaslik boshqalarining buzilishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasida soliq tizimi quyidagi printsiplarga asoslanadi:
- soliq solishning majburiyligi. Soliq to’lovchi – yuridik va jismoniy shaхslar Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart (bu holat konstitutsiyaviy norma talabidan kelib chiqadi);

  • soliq solishning aniqligi, ya’ni har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq bilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aniqlangan bo’lishi lozim;

- soliq solishning adolatliligi. Soliq solish umumiy bo’lib, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo’lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha yakka tartibdagi хususiyatga ega bo’lgan imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar kamsitish хususiyatiga ega bo’lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo’llanilishi mumkin emas;
- soliq tizimining yagonaligi. Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagonadir. O’zbekiston Respublikasining bojхona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi;

  • soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi. Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko’rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo’llashga asos bo’lib хizmat qilishi mumkin emas;

- soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi - soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin qilinadi.


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling