1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Simvolik (belgili) kommunikatsiya


Download 1.73 Mb.
bet17/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1588530
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Bog'liq
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja

Simvolik (belgili) kommunikatsiya – bu inson psixikasining ibtidosi hisoblanadi. Mazkur yo’nalish bo’yicha G.Xaymen, R.Mertonning referent guruh muammosi o’rganilgan. Unda shaxs rivojlanishi strukturasi va dinamikasi, T.Sarbinning rollar nazariyasi, sotsial o’zaro hamkorlikning mikrojarayonlari, sotsial faoliyat muhiti o’rganilgan.
Shaxs bir tomondan, avtonom tizim tarzida mustaqil impulsiv xulq-atvor sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, tobe sotsial tizim bo’lib, atrofdagilar kutgan xulq-atvorda namoyon bo’ladi. Shaxsdagi faollik ibtidosi nafaqat shaxsni, balki jamiyatni ham o’zgartirishga qodirdir.
Yo’qorida aytib o’tilgan nazariya va oqimlar hozirgi kunda ham ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga o`z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Rus ijtimoiy psixologiyasi va sobiq Ittifoq tizimida bo`lgan mamlakatlardagi ijtimoiy psixologik qarashlar rivojlanishida ham chet el, xususan amerikalik olimlarning ulushlari kattadir.


6. Sotsial psixologiyada sotsiometriya
Sotsiometriya (lot. societas — jamiyat va ... metriya) — sotsial psixologiya sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh aʼzolari oʻrtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajalarini oʻlchashda qoʻllaniladi. Sotsiometriya guruh aʼzolarining bir-biri bilan oʻzaro subʼyektiv munosabatlarini, individlarning guruhdagi mavqei, kim yetakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini eksperimental yoʻl bilan tadqiq qiladi.
S otsiometriyaga amerikalik sotsiolog Yakob Levi Moreno (1892-1974) asos solgan. Uning metodiga koʻra, muayyan guruhdagi har xil xususiyatli shaxslarning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soʻraladi. Olingan maʼlumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu maʼlumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi, xolos.
Hozirgi davrda Sotsiometriyaning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya.L.Kolominskiy, I.P.Volkov). Sotsiometriyaning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida toʻlaroq axborot toʻplash imkonini beradi.
Sotsiometriyaning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h.k.da keng qoʻllaniladi.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling