1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja
O’zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari
Download 1.73 Mb.
|
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja
4. O’zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlarning o’rni va istiqbollari
Sotsial psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e`tibor beradigan bo`lsak, shuni ta`kidlash lozimki, u oxirgi bir necha o’n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning O`zbekiston hududida shakllanishi tahlil qilinsa, uning diniy, falsafiy oqimlar va qarashlar tizimida o`ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko’rish mumkin. Masalan, eramizning, V asrlarida rivoj topgan monizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy qarashlari tizimida sotsial munosabatlar, sotsial adolat va shaxsning o`ziga xosligi kabi g’oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik sotsial psixologik qarashlar sistemasi umuman bo`lmagan. Sotsial psixologik tadqiqotlarning o’tmishdagi va hozirgi kundagi holati M.Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan. Uning oxirgi yillarda o’tkazgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko’ra, sotsial psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o’rinni egallaydi, ya`ni Respublikamiz hududida ilmiy ijod qilayotgan olimlardan 43 foizining fikricha, sotsial psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, dolzarbdir. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, O`zbekistonda o’tkazilayotgan sotsial psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag’ishlangan. Chunonchi, birinchi sotsial psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80-yillarning boshida I.Yoqubov tomonidan o’tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin sotsial rollarining muvofiqligini ta`minlovchi sotsial psixologik omillarni o`rganadi. Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila a`zolarining rollar borasidagi muvofiq o`zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o`zbek ayolining sotsial mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. G. B. Shoumarov va E. A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalarning tarbiyasiga bevosita ta`sir ko’rsatadigan sotsial psixologik omillar o`rganildi, chunonchi, unda o`ziga xos milliy va an`anaviy o`zaro munosabat xususiyatlarining o’rni belgilanadi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog’inovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari-nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o`zbeklarga xos bo`lgan yosh xususiyatlari, yosh o`zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o`rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to’plandiki, ularga ko’ra, o`zbek oilasining qurilishiga sabab bo`ladigan asosiy motiv bu "Farzandli bo`lish", (birinchi o’rinda), ikkinchi o’rinda "Jamoatchilikning gap so’ziga qolmaslik", uchinchi o’rinda "Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish" va hokazolar aniqlandi. N. Sog’inovning to’plangan ma`lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg’ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy yo`l-yo`riqdir. O’zbekistonda mustaqillikni qo’lga kiritgach, olib borilgan sotsial psixologik tadqiqotlar asosan sotsial tasavvurlar konsepsiyasi doirasida amalga oshirildi (V.Karimova, K.Rahimova, Z.Nishonova, M.Umarova, L.Karimova va h.k.lar). Tadqiqotlarda ijtimoiy vaziyatlarga bog’liq psixologik fenomenlar o’rganilganda ayni shu yo’nalishning istiqbolli ekanligini, shaxs va jamiyat o’rtasidagi murakkab va serqirrali munosabatlarning sotsial xulqda namoyon bo’lishi mexanizmini tushuntirishda sotsial tasavvurlar konsepsiyasi nazariy-metodologik asos ekanligini isbotladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling