1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Download 1.73 Mb.
bet8/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1588530
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja

Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o’tkazishdan ko`zlangan maqsad, unga sabab bo`lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o’tkazganligi yoziladi.

  • Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi.

  • Tadqiqot ob`ekti va uslublar empirik tadqiqot ob`ektining xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov bosqichida to’plangan ma`lumotlar, ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi.

  • Gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar yoki grafiklarda ko’rsatiladi.

  • Xulosa va tavsiyalar ular tadqiqotning mantig’idan chiqariladi.

  • Yakuniy, barcha qilingan ishlar bo’yicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi.

  • Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, kompyuter dasturlari, statistika ma`lumotlari, katta jadvallar va shunga o’xshash tadqiqotga taalluqli hujjatlar ilova qilinadi.

    Yuqorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi va u o’tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi.


    2. Sotsial psixologiyning asosiy metodlari. Kuzatish metodi
    Sotsial psixologiyada qo’llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko’ra farq qilmasada, sotsial psixologik tadqiqotdagi uslublar o`ziga xos xususiyatlarga hamda ko’rinishlarga ega. Bu o`ziga xoslik avvalo tadqiqot qamrab oladigan sotsial kontekstdan, uning xilma xil ko’rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o’tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda nimani o`rganish qancha vaqt mobaynida o`rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.
    Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo`lsak, u sotsial psixologiyada o`ziga xos sotsial sharoitlarda o`ziga xos vaziyatlarda va ma`lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo`l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu sotsial xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo`lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish, ma’lum reja sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish, olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko’rish.
    Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko’ra kuzatish har xil bo`ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish ob’ekti bo`lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo’shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to’playdi. Bunday kuzatish turi "Birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik sotsial psixolog U.Uaytning o’smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi sotsial psixologik hodisalarni o`rganishga qaratilgan mashxur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi og’ir o’smirlar xulq-atvorining sotsial motivlarini o`rganish maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo`lib, ma`lumot to’plagan. U kuzatishlari oqibatida 92% tarbiyasi og’ir bolalarning o`z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo`lmaganligini aniqlagan.
    Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o`z ob`ektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "ob`ektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo`lgani kabi tashqi xulq-atvorini qayd qilish natijasida ma`lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo`l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham sotsial psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob`ektiv kuzatishning "muxim vaziyatlarni qayd etish" formasi keng qo’llanilmoqda. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda alohida shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinib, ularning shu vaziyatga munosabati, undan chiqish yo`llari, ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda o`zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy sharoitlarda ham o`quvchilar guruhlarida turli munozarali o’yinlar sharoitini yaratish yo`li bilan har bir shaxsning sotsial psixologik sifatlarini kuzatib, qayd etish mumkin.
    Bizning fikrimizcha sotsial psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma`lumotlar to’plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos bo`lgan eng qimmatli narsa sharoitlarning tabiiyligi saqlanib qolinadi.



    Download 1.73 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling