1-mavzu. Sotsial psixologik xizmat tizimida reabilitatsiya masalalari Reja


Download 75.23 Kb.
bet2/5
Sana12.11.2023
Hajmi75.23 Kb.
#1768460
1   2   3   4   5
Reabilitatsiya – (rehabilitation) bu kasallik, jarohat yoki holsizlantiruvchi vaziyatni boshidan oʻtkazgan individuumlar uchun yoʻnaltirilgan aniq maqsadli jarayondir. Reabilitatsiyaga koʻra, faolligi sustlashib qolgan individuum ilgari ushbu faoliyat sohasida adekvat faoliyat yurita olish qobiliyatiga ega boʻlgan.
Reabilitasiya maqsadi. insonlarni avvalgi holatiga qaytarish. Reabilitatsiya tushunchasi insoniyat tarixida nisbatan yangi tushuncha hisoblanadi. Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti reabilitatsiya tushunchasiga quyidagicha izoh beradi va shu asosida reabilitatsiyaning maqsadini belgilab beradi: “turli xildagi ekstremal vaziyatlar taʼsirida psixik funksiyalarida buzilishlari, nuqsonlari boʻlgan shaxslarning holatini qayta tiklash jarayonini oʻzida mujassamlashtiradi”. Reabilitatsiya har tomonlama shaxsning oʻzini qayta tiklashi uchun koʻrsatiladigan yordam yoʻnalishidir. Shu nuqtayi nazardan olganda reabilitasyaining quyidagi jihatlari mavjud: tibbiy, jismoniy, psixologik, kasbiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy.
Har qanday reabilitatsiya ishi avvalo tibbiy va jismoniy reabilitatsiyadan boshlanadi. Tibbiy va jismoniy reabilitatsiya turli kompleks usulda shaxsning salomatligini, organizmning fiziologik funksiyalarini tiklashni nazarda tutadi. Agar organizmning funksional holatini toʻliq tiklash imkoniyati boʻlmasa, uning kompensatorlik qobiliyatini jadallashtirish nazarda tutiladi.
Reabilitatsiyaning psixologik jihati mijozning psixik holatini, jarayonlarini korreksiyalashni oʻz ichiga qamrab oladi. Bu orqali shaxsning ijtimoiy moslashuvi faollashtiradi.
Reabilitatsiyaning kasbiy jihati shaxsning kasbiy qobiliyatini qayta tiklash va ularning kasbiy faoliyatga moslashuvini jadallashtirishni, kasbiy qayta tayyorlash jarayonini oʻz ichiga oladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya shaxs va ijtimoiy muhit orasidagi munosabatlar tizimini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy reabilitatsiya oʻz ichiga shaxsning moslashuvini, jamiyatga integratsiyasini taʼminlashga xizmat qiladi.
Huquqiy reabilitatsiya jabr koʻrgan shaxsning huquqiy hujjatlarini qayta tiklashni oʻz ichiga oladi.
Manbalarda reabilitatsiyaning quyidagi koʻrinishlari mavjud:

  1. Turli kasallik tufayli meʼyordagi morfofunksional statusning buzilishi natijasida amalga oshiriladigan tibbiy-biologik reabilitatsiya.

  2. Shaxsning mehnat qobiliyatini susayishi natijasida amalga oshiriladigan kasbiy reabilitatsiya.

  3. Ijtimoiy moslashmaganlik natijasida yuzaga keladigan muammolar bilan ishlashdagi ijtimoiy reabilitatsiya.

Reabilitatsiya olib borishda quyidagi bosqichlarning ahamiyatiga eʼtibor beriladi: etiologiya – patologiya – namoyon boʻlish.
Aynan mana shu mexanizm shaxsda reabilitatsiyani tashkil etishni taqozo etadi. Reabilitatsiyaga muhtoj shaxsning belgilari: psixik buzilish, hayot faoliyatining cheklanishi, ijtimoiy kemtiklik. Shaxsdagi mazkur belgilarni reabilitatsiya qilish uchun quyidagi faoliyatni aniq amalga oshirish darkor:
- Aniq psixodiagnostika
- Shaxsning funksional qobiliyatlarini aniqlashtirish
- Psixotexnologiyalarni taʼsir darajasini aniqlashtirish lozim.




  1. Download 75.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling