1-mavzu. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi, texnikasi va protsedurasi Reja


Uchinchi bosqichda tadqiqotning dasturi shakllantiriladi


Download 33.89 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi33.89 Kb.
#1800058
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza matni

Uchinchi bosqichda tadqiqotning dasturi shakllantiriladi: tadqiqotning maqsadi, uning vazifasi, rejasi, talangan muammoning dolzarblik asosidagi ilmiy farazi, ma’lumotlar yig’ish metodlari, tadqiqot natijalarini qayta ishlash, tadqiqotning o’tkazish muddatlari va boshqa tashkiliy jihatlar belgilab olinadi.
Gipoteza – o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni tushuntirishda tasdiqlash va rad etish uchun ilgari suriladigan ilmiy faraz. Dastlabki ilgari surilga gipoteza butun tadqiqot jarayonini ichki mantig’ini oldindan belgilab berishi mumkin. Gipotezlar – bu o’rganilayotgan muammolarni yuzaga kelish sabablarining tavsifi borasida aniq va noaniq bildirilgan takliflar. Ta’kidlab o’tish lozimki, ilmiy farazni aniq ifoda qilish sotsiologik tadqiqotni o’tkazishda prisipial ahamiyatga ega. Ta’kidlash o’tish lozimki, tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, tavsiyalar ishlab chiqishga ta’sir ko’rsatuvchi, ilmiy farazning aniq ifodasi sotsiologik tadqiqot o’tkazishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Sotsiologik tadqiqotning to’rtinchi bosqichi bevosita dastlabki ma’lumotlarni yig’ishdan iborat bo’ladi. Shu o’rinda ma’lumotlar yig’ishda turli metodlar qo’llanishi mumkin: anketa o’tkazish yoki intervyu olish shaklidagi sotsiologik so’rov; kontent-tahlil (tadqiqotchilar qaydnomasi, xujjat va va boshqa ma’lumotnomalardan ko’chirmalar); kuzatish eksperiment va boshqa metodlar.
Beshinchi bosqichda olingan ma’lumotlarni elektron qayta ishlash amalga oshiriladi. Bunda to’plangan ma’lumotlar kompterdagi mahsus dasturlar (Excel, Access, SPPS va b.) yordamida qayta ishlanadi va umumlashtiriladi. Bu bosqichda empirik ma’lumotlarni dastlabki tahlili mos ravishda amalga oshirilishni ta’minlash imkoniyatiga ega matematik olimlarni jalb etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yakunlovchi (oltinchi bosqichda), qayta ishlangan ma’lumotlarning tahlili o’tkaziladi, tadqiqot yakuniga ko’ra axborot-tahliliy hisobot tayyorlanadi va asosiy hulosalar aniq ifoda etiladi. Bu bosqichda olingan empirik ma’lumotlar asosida tadqiqot gipotezasini tahlil qilish mumkin.

Download 33.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling