Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.
Amaliy sotsiologiya uch darajaga bo’linadi: metodologik, metodik va protsedurali (2-rasm).
2-rasm. Amaliy sotsiologiyaning darajalari
Metodologik darajada tadqiqot obyektini tahlil qilishning gnoseologik paradigmasini tushunish o’rinli. Metodik darajada ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sotsiologik o’lchov amalga oshiriladi. Proseduralari darajada tashkiliy, texnik va moliyaviy chora-tadbirlar amalga oshirilib, sotsiologik tadqiqotning butun texnologiyasi amaliyotga tatbiq etiladi. Amaliy sotsiologiyaning qoida va tartiblarni umumiy yig’indisi asosida o’rganilayotgan ijtimoiy hodisaning sotsiologik modeli hosil qilinadi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotlar bir-birini to’ldiruvchi 4 asosiy tashkiliy bosqichlar ketma-ketligida tashkil etiladi:
tadqiqotning metodologik va metodik tayyorgarligi;
birlamchi sotsiologik ma’lumotni to’plash;
to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash va kompyuter dasturlariga kiritishga tayyorlash;
qayta ishlangan ma’lumotni analitik tahlili
Sotsiologik tadqiqot muammoni o’rganishda imkon qadar obyektivlikga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirish va muayyan ketma-ketligini nazarda tutuvchi bosqichlardan iborat bo’ladi.
Birinchi bosqichda muammoni tanlash zarur, bunda e’tibor talab etadigan va ilmiy metodlar yordami bilan ta’sir etuvchi jihatlarni hisobga olish zarur.
Ikkinchi bosqichda o’rganilayotgan mavzuga oid adabiyotlar va mavjud nazariyalarni o’rganishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |