1-mavzu. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi, texnikasi va protsedurasi Reja


Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi


Download 33.89 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi33.89 Kb.
#1800058
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza matni

Sotsiologik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilmasi.

Amaliy sotsiologiya uch darajaga bo’linadi: metodologik, metodik va protsedurali (2-rasm).


2-rasm. Amaliy sotsiologiyaning darajalari



Metodologik darajada tadqiqot obyektini tahlil qilishning gnoseologik paradigmasini tushunish o’rinli. Metodik darajada ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sotsiologik o’lchov amalga oshiriladi. Proseduralari darajada tashkiliy, texnik va moliyaviy chora-tadbirlar amalga oshirilib, sotsiologik tadqiqotning butun texnologiyasi amaliyotga tatbiq etiladi. Amaliy sotsiologiyaning qoida va tartiblarni umumiy yig’indisi asosida o’rganilayotgan ijtimoiy hodisaning sotsiologik modeli hosil qilinadi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotlar bir-birini to’ldiruvchi 4 asosiy tashkiliy bosqichlar ketma-ketligida tashkil etiladi:

  1. tadqiqotning metodologik va metodik tayyorgarligi;

  2. birlamchi sotsiologik ma’lumotni to’plash;

  3. to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash va kompyuter dasturlariga kiritishga tayyorlash;

  4. qayta ishlangan ma’lumotni analitik tahlili

Sotsiologik tadqiqot muammoni o’rganishda imkon qadar obyektivlikga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirish va muayyan ketma-ketligini nazarda tutuvchi bosqichlardan iborat bo’ladi.
Birinchi bosqichda muammoni tanlash zarur, bunda e’tibor talab etadigan va ilmiy metodlar yordami bilan ta’sir etuvchi jihatlarni hisobga olish zarur.
Ikkinchi bosqichda o’rganilayotgan mavzuga oid adabiyotlar va mavjud nazariyalarni o’rganishga to’g’ri keladi.

Download 33.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling