1-mavzu. Standartlashtirish tizimi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish. Reja
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat
Download 24.45 Kb.
|
1-ma\'ruza (Biomahsulot)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartlashtirishning asosiy vazifalari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhut uchun xavfsizligi, resurslarni xom ashyoni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-biriga monandligini ta’minlash; fanva texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholiva xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifatixafsizligi hamda raqobatbardoshligini oshirish; ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy va sotsial ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish; ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash; iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi assortimentlar sifati va xavsizligi to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash; mudofaa qobiliyatini va mustahkamligini ta’minlash; o‘lchashlar birliligini ta’minlash; ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lumqilgan yuqori istemol xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash. Standartlashtirishning asosiy vazifalari: Iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida O‘zR qonun talablari asosida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish; davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli normativ texnik talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish talblarini yaratish, davlatreystriga kiritish va qo‘llash,shuningdek hujjatlardan unumli foydalanishni nazorat qilish; standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash; tovar va xizmatlarni bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli vaboshqalar)turlarini,shuningdek mahsulotning o‘zaroalmashuvchanligini ta’minlash; parametrik va turlar o‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish; mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi; material va energiya sig‘imini kamaytirish, chiqindisiztexnologiyalarni qo‘llash; mahsulotning ergonomik xossalariga bo‘lgan talablarning belgilanishi; metrologik me’yor,qoida,nizom va talablarning belgilanishi; standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy maxsulotlarni xizmatlarni standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish; xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligiehtiyojlarini qondiraolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqa-viy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash tajribasini kengaytirish; texnologik jarayonlarga qo‘yilgan talablarni belgilash; mahsulotlarnistandartlashtirish vauningnatijalaridanfoydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni kelishuvlarni (bitimlarni) tashkil qilish; texnika sotsial -iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish; sinovlarni me’yoriy-texnik jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish; Download 24.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling