Ekalogiya va atrof-muhut
Download 52.5 Kb.
|
Test Ekalogiya va atrof-muhut ( test savollari)
WWW.UZREFERAT.UCOZ.NET Ekalogiya va atrof-muhut. Faqat ozod va obod yurt insonlarigina erkin va farovon yashashlari mumkin. 1991 yili O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, o'ziga xos taraqqiyot yo'lidan borib, ko'p sohalarda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kirita boshladi. Atrof-muhitni sog`lomlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga kirishish ham shunday yutuqlar jumlasidandir. Har qanday jamiyatning barkamol rivoji uchun, so`zsiz, a egallab turgan hududdagi mavjud hayotiy omillarning barchasi, ayniqsa, tabiiy muhitlar yuqori darajada ekologik sifat va miqdor ko'rsatkichlariga ega bo`lmog`i darkor. Shu bilan birgalikda, har bir jamiyat a'zosi ekologik ong va tafakkur sohibi bo`lishi, o'zining yashash joyi-makonini nihoyatda e'zozlashi va sevishi kerak. Xullas, har birimiz tabiatdan bizga in'om etilgan, hayotiy omillarning barchasini ardoqlashimiz, ularga nisbatan oqilona munosabatda bo'lish, shuningdek, ularni kelajak avlodlarga yetkazish va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun harakat qilish muqaddas burchimiz ekanligini heck ham unutmasligimiz zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda ekologik ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratilgan. Bu borada dunyo miqyosida atrof-muhitga doir ekologik dastur (YuNEP) ham mavjud. Bizning Respublikamizda joriy qilingan uzluksiz ta'lim tizimining hamma bosgichlarida ekologik bilim berilishi bilan birga, “Ekologiya” va “Atrof-muhit muhofazasi” yo`nalishlari bo'yicha mutaxassis kadrlar tayyorlashga ham kirishilgan. Ta'lim tizimining umumo'rta maktab bo`g`inida o'qitilayotgan kimyo, biologiya, geografiya, fizikaa kabi qator tabiiy fanlar dasturlarida yoshlarga ekologik saboq berishga keng e'tibor qaratilgan. Bir Bator o`rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida “Ekologiya”, “Atrof-muhit muhofazasi” ga oid maxsus fanlar o`gitili-shini ham e'tirof etmoq kerak. Buning natijasida, albatta, kelajak avlodimiz zarur ekologik ong va tafakkur sohiblari bo'ladilar, deb fikr bildirish mumkin. Yuqoridagilar qatorida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining mashg'ulotlarida yoshlar ongiga umumiy ekologik tushunchalarni singdirishga ham alohida e'tibor qaratilmog'i zarur. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling