Ekalogiya va atrof-muhut


Ekalogiya va unga tegishli sohalar


Download 52.5 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi52.5 Kb.
#220503
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Test Ekalogiya va atrof-muhut ( test savollari)

Ekalogiya va unga tegishli sohalar

haqida umumiy tushunchalar

Dastlab, ekologiyaga oid ilmiy tushunchalarni quyidagicha ko'pchilikka yaxshi ayon bolgan fikr-mulohazadan boshlaganimiz ma'qul: Yer sayyorasi, ya'ni biz yashayotgan kurra zamin, bu turfa Olamda hozircha birdan-bir, yagona tirik organizmlar, shu jumladan, insonlarning “yashash joyi-makoni” hisoblanadi. Bunda 4 to ulug'-bebaho tabiat in'omi: suv, tuproq, havo, tirik organizmlar mavjud.

Hayot uchun eng zarur ana shu hayotiy omillar, so'zsiz, juda uzoq davrlar, aniqrog'i, 3-4 mlrd. yillar oralig'ida Yer sayyorasining shakllanishi va shu bilan bir vaqtda, bunda amalga oshgan o'ta murakkab fizik va biogeokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bolgan. Ana shunday tabiiy shart-sharoit, yashash muhitlari barpo bo`lgandan so'nggina, inson zoti Yerda paydo bolgan. Lekin u hozirgidek barkamol hayot ko'rsatkichlariga yetgunicha, bir necha 10 millionlab o'tgan uzoq tarixiy davrni boshdan kechirib, evolyutsion tarzda rivoj topgan.

Yerdagi 4 to hayotiy muhitning ilmiy nomlanishi quyidagicha: havo-atmosfera, suv-gidrosfera, qattiq yer yuzasi-litosfera, o`simliklar va hayvonlar – “jonli gobiq” - biosfera deb ataladi. Insonlar Yerning jonli qobig'i, ya"ni biosfera muhiti tarkibida, boshqa barcha tabiiy unsurlar bilan bevosita bog'liqlikda dunyoga kelib, boshqa jonzotlardan farqli ravishda, yuqori ong - tafakkur sohibi (Homo sapiens) hisoblanadi.

Inson haqiqatdan ham, boshqa tirik organizmlardan o'zining chuqur idrok eta oilishi, aglliligi bilan keskin ajralib turadi. Shu sababdan ham odamlar ma'lum joy - muayyan hududlarda jamoa bo'lib, o'zaro uyushib, ongli turmush tarzida hayot kechirishadi, faoliyat ko'rsatishadi va hokazo.

Quyida, ekologiyaga oid bir Bator umumiy tushunchalar xususida ma'lumotlar bayon qilamiz. Dastavval, “Ekologiya” so'zi nimani anglatadi? O'ziga u qanday ma'no, mazmun - mohiyatni qamrab olgan? Uning turli ko'rinishda alohida fan sifatida shakilanishi qaysi davrga to'g'ri keldi va gay5i olim - donishmandlarning xizmatlari bunda muhim ahamiyat kasb etgan? Hozirgi davrda ekologivaning qanday yo'nalishlari ko'proq rivoj topmoqda? Shu kabi Bator savollarga javob berishga harakat qilamiz. Ilk bor, “Ekologiya” atamasini 1866 yilda nemis tabiatshunos olimi Ernst Gekkel (1834-1919) o`zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” sarida ishlatgan. Olimning ta'kidlashicha, har qanday tirik organizm volyutsion taraqqiyoti davrida atrof-muhitga moslashib, o'ziga xos morfologik o'rsatkichlarga ega bo`ladi.


Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling