Biz yashayotgan dunyo eski kitoblarda bitilganidek chindan ham "ko‘hna"dir. Umuman, Turkiston tuprog‘i, xususan, bugun biz yashab turgan O‘zbekiston ko‘hna dunyoning inson zoti vujudga kelgan eng qadim maskanlaridandir


Download 64.76 Kb.
bet1/15
Sana07.02.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1175891
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi. T.T. Q.T. G Maxfira


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan


KURS ISHI
MAVZU:O‘rxun-Enasoy yodgorliklari tilining turkiy tillar taraqqiyotidagi o‘rni


Bajardi: Sadullayeva Maxfira
Qabul qildi: Qodirova Xurshida

Urganch -2023

Reja:
Kirish. O‘rxun-Enasoy obidalarining tarixiy qimmati va tadqiqi xususida


Asosiy qism:
1.Qadimgi turkiy tilning o‘ziga xosliklari
1.1. Kultegin bitiglarining boshlamalari to‘g‘risida
1.2. Bilgaxoqon bitiglarining boshlamalari to‘g‘risida
2. O‘rxun-Enasoy obidalari lug‘aviy birliklarida grammatik shakllar tadriji
2.1. Ismlar va fe’llar taraqqiyoti
2.2 Yordamchi so‘zlar taraqqiyoti
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Biz yashayotgan dunyo eski kitoblarda bitilganidek chindan ham “ko‘hna”dir. Umuman, Turkiston tuprog‘i, xususan, bugun biz yashab turgan O‘zbekiston ko‘hna dunyoning inson zoti vujudga kelgan eng qadim maskanlaridandir.
O‘zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O‘zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o‘zbek, qoraqalpoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, ozarbayjon kabi xalqlarning ajdodlaridir. Shuning uchun ham qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy va adabiy meros bu xalqlarning mushtarak yodgorliklari hisoblanadi. Bu mushtarak yodgorliklar, eng avvalo, O‘rxun –Enasoy toshbitiglari bilan bog‘liq deyish mumkin. Toshbitiglarni o‘rganish orqali nafaqat qadim xalqlarning madaniy merosini, balki, ajdodlarimizning turmush-tarzini, dunyoqarashi va urf-odatlarini ham o‘rganamiz, ham o‘zlashtiramiz. Mushtarak yodgorliklarda xalqimizga xos milliy g‘oyalar, milliy ruh va vatanparvarlik yaqqol aks etgan. Buning asosida yosh avlod qalbiga milliy qadriyatlar: an’ana va haqiqatlar, vatan tuyg‘usi, e’tiqod kabi yuksak tushunchalar singdiriladi.
Toshbitiglarni o‘rganish uchun qator qardosh xalqlarning tili, urf-odati bilan tanish bo‘lish bilan birga, bir necha boshqa asarlarni, adabiy meroslarni ham sinchiklab kuzatish talab qilinadi. Tarixga murojaat qilish hamisha ham dolzarb mavzu sifatida qaraladi, tarixiy obidalarni qanday va qay tariqa o‘rganish, hamda uning aynan qaysi jihatini o‘rganish masalasi esa tadqiqot ishining yanada dolzarbligini belgilaydi.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling