Biz yashayotgan dunyo eski kitoblarda bitilganidek chindan ham "ko‘hna"dir. Umuman, Turkiston tuprog‘i, xususan, bugun biz yashab turgan O‘zbekiston ko‘hna dunyoning inson zoti vujudga kelgan eng qadim maskanlaridandir


Download 64.76 Kb.
bet9/15
Sana07.02.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1175891
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi. T.T. Q.T. G Maxfira

Ismlar tarqqiyoti
Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so‘zlar ko‘p. Semantik tomondan ham, grammatik tomondan ham hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga kiruvchi so‘zlar kishi nomlarini (Bilga xoqon), hayvon nomlarini (qo‘y, bars, bo‘ri), jism nomlarini, qavm-qarindosh (og‘a) va boshqa nomlarni ifodalaydi. Ot kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi, boshqa turkumdagi so‘zlardan morfologik va sintaktik usul bilan ot turkumidagi so‘zlar yasaladi.
Ko‘plik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda otlar ko‘plik va birlik shakllarda qo‘llangan. Otlar birlikda qo‘llanganda maxsus ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Ko‘plik qo‘shimchasini olmagan birlik sondagi ayrim otlar birlik, yakkalik ma’nolaridan tashqari, yana jins-tur, juftlik, jamlik va ko‘plik ma`nolarini ham ifodalay oladi. Masalan, ilk (Kultegin) va boshqalar. Qadimgi turkiy tilda otlarda ko‘plik ifodalashning morfologik usuli sermahsuldir. Bular quyidagilardir:
1. –lar/-ler qoshimchasi. Masalan, beglar(Kultegin).
Bu shakl VI-XI asrlarda faqat otlarga qo‘shilib kelgan bo‘lsa, XI asrlardan keyin esa boshqa so‘z turkumlariga ham qo‘shilib kela boshlagan. -lar/-ler qo‘shimchasining kelib chiqishi to‘g‘risidagi har xil fikrlar mavjud.
Ba`zi tilshunoslar bu qo‘shimcha qadimgi mo‘g‘ul tilidagi “nar” so‘zi bilan bog‘liq desalar, ayrim tilshunoslar esa bu fikrga qo‘shilmaydilar (jumladan, N.A.Baskakov).
-lar/-ler qo‘shimchasini olgan so‘zlar semantik tomondan hozirgi turkey tillardan farq qilmaydi: Ogam qatun uliyu. Ogalarim, akalarim, kelinunim,qunčuylarim bunča yama tirigi kop boltači ärti (Kultegin)
Bu affiksning hozirgi turkiy til va lahjalaridagi –nar, -tar singari birinchi undoshi farqli bo‘lgan variantlari qadimgi turkiy tilda yo‘q7. Otlarning ko‘plik kategoriyasiga –t(d) shakli ham mansub. Bu shakl ko‘proq VII-XII asrlarda uchraydi. Masalan: tarqan (Tonyuquq). Tarqat (Kultegin)- tarjimasi xonlar ma`nosida;
Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida ko‘plik -ağut qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan degan qarashlar bor. Biroq bu qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlar ko‘plikni bildirmaydi.

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling