Biz yashayotgan dunyo eski kitoblarda bitilganidek chindan ham "ko‘hna"dir. Umuman, Turkiston tuprog‘i, xususan, bugun biz yashab turgan O‘zbekiston ko‘hna dunyoning inson zoti vujudga kelgan eng qadim maskanlaridandir


Download 64.76 Kb.
bet11/15
Sana07.02.2023
Hajmi64.76 Kb.
#1175891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi. T.T. Q.T. G Maxfira

Sifatdosh – qadimgi turkiy tilda sifatdoshlar turli ko‘rinishlarda yasalgan. Masalan, ko‘k turk bitiglarida ularning shunday ko‘rinishlarini ko‘rish mumkin: -ğma, -gma, keligma-keladigan.
Ravishdosh - fe`lning bu shakli ravishga xoslanib, uning Grammatik kategoriyalarini oladi. Qadimgi turkiy tilda ham bugungi fe`llarning ham tarkibida mavjud, vazifadosh ko‘rinishi bo‘lgan ravishdoshlar ana shunday vazifa bajargan:
-a, -a. Masalan: Altun yisiğ asa kaltimiz (Tonyuquq 37)- altun yishni oshib keldik.
-u, (-yu), -u. Kayik yayu, tabišğan yayu artimiz (Tonyuquq 8)- Kiyik yeb, tovushqon yeb kun kechirar edik.
-matin, -madin. Igidmiš qağaniňin sabin almatiň yir sayu bardïğ ( Kultegin 9)
Tarbiyat qilgan xoqoningning so‘zini olmayin har yerga ketding. Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida gapning kesimi ko‘pincha fe`ldan tuziladi. O‘rni bilan,boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib kelishi mumkin. Biroq, ismlar guruhiga mansub so‘zlar kesim bo‘lib kelganda, muhim bir hodisani inobatga olmoq kerak. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida, bu uy cirayli hamda meniň niyatim su gaplarining tuzilishiga e`tibor beraylik. Keltirilgan ikkala gapning kesimi fe`l emas. Ammo ushbu kesimlar sifat va olmoshdangina iborat ham emas.
Ularda biz kesim deb sanayotgan sifat va olmoshdan keyin ta`kidni bildiruvchi mantiqiy -dir turibdi: bu uy čirayli(dir); Meniň niyatim su(dir). Buning singari misollarni yana keltirishimiz mumkin: ularning hammasida ham kesim o‘rnida mantiqiy -dir tasavvur etiladi va bundayin “ot-kesimli” gaplarning mantiqiy kesimi yana fe`lga qaytadi.
Hozir biz qo‘llayotgan -dir qadimgi turkiy tildagi tururning qisqargan shaklidir ( turur> durur/ dur> -dir).
Qadimgi yodgorliklar tilida gapning kesimi, asosan, fe`l bo‘lib keladi: Turk bodun o‘lti olti,alqinti, yoq bolti- Turk xalqi o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi (Tonyuquq 3). Yozma yodgorliklar tilida –ol ham kesimlik belgisi bo‘lib, fikr tugalligi, aniqligini bildirib keladi. Masalan, Turk bodun yamä bulğanč - ol tamis- Turk xalqi ham sarosimadadir,- debdi. (Tonyuquq 22)

Download 64.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling