Janr so`zi fransuzchadan olingan bo`lib, “tur”, “jins” degan ma`noni anglatadi. Bu so`z dastlab atama sifatida Fransiyada XVI asrda qo`llanila boshlagan. Lirik tur Epik tur Adabiy turlar Dramatik tur Epos


Download 14.52 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi14.52 Kb.
#196942
Bog'liq
Adabiy janr va turlari G'anisher 116


116-guruh, Otaboyev G'anisher

Adabiy janr va turlari

Adabiy asarlar shakl jihatidan rang-barang. Janr so`zi fransuzchadan olingan bo`lib, “tur”, “jins” degan ma`noni anglatadi. Bu so`z dastlab atama sifatida Fransiyada xvi asrda qo`llanila boshlagan.


Lirik tur

Epik tur



Adabiy turlar



Dramatik tur


Epos yunoncha so`z bo`lib epos “so`z”, “nutq”, “hikoya” degan ma`noni anglatib, bu atama keng hamda tor ma`noda tushuniladi. Keng ma`noda voqeaband asardir. Tor ma`noda esa xalq ijodiyotiga mansub yirik hajmli asardir. Xalq dostonlari ham epik asardir. Roman, qissa, hikoya, ocherk, felyeton epik tur janrlaridir.

Roman fransuzcha so`z bo`lib, dastlab roman tillarida yozilgan asarlar shunday deb yurutilgan. Keyinchalik ana shu tillarda yaratilgan yirik hajmli katta syujetga asoslangan asarlar ham roman deb atala boshlagan. Roman deb yurutilgan dastlabki asarlarda qahramonlarning sarguzashtlari, qahramonliklarini naql qilish asosiy o`rin tutgan.

Romanlarning yana bir turi: dilogiya(2 kitob), trilogiya(3 kitob), tetralogiya(4 kitob), pentalogiya(5 kitob)



Qissa romanga nisbatan qamrovi doirasi kamroq asardir. Qissada bir-ikki qahramon hayotidagi muhim voqealar ko`rsatilib, asosiy diqqat bosh qahramon harakterini ochishga qaratilgan bo`ladi.

Hikoya kichik epik janr bo`lib, kichik bir voqeani bayon qiladi, shu voqea ichidagi bitta qahramonning ichki qiyofasini, fe`l-atvorini yoritadi. Hikoya novella deb ham yuritilib, u italyancha “yangilik” degan ma`noni bildiradi.

Lirika yunoncha so`z bo`lib “lira jo`rligida aytish”demakdir. Lira esa chog`u asbobidir. Ma`lumki, she`riy asarlarda musiqiy ohang mavjud bo`lib, musiqiy asboblarni qo`llash esa ularning ohangdorligini yanada oshiradi. Xalq qo`shiqlar qadim zamonlardan yig`in va bayramlarda musiqa asboblari jo`rligida ijro etilgan. Lirik turdagi asarlar ham mavzu yo`nalishi, ifoda uslubiga ko`ra intim lirika, publitsistik lirika, hajviy lirikaga bo`linadi.
Intim lirika shaxsiy kechinmalar izhori bo`lib, ularda vafodorlik, sevgi-muhabbat, insoniylik do`stlik, hayot haqida dard hamda iztiroblar aks ettiriladi. G`afur G`ulomning “Sog`inish” she`ri bunga misol bo`la oladi.
Publitsistik lirika hayotning ijtimoiy siyosiy hodisalariga munosabat bildirish asosida paydo bo`ladi. Unda turmushning dolzarb muammolariga kishilar diqqati jalb qilinadi.
Hajviy lirik she`rlarda turmushdai kishilar fe`l-atvoridagi kamchiliklar qalamga olinadi. Ularda illatlardan xalos bo`lishga chorlash asosiy maqsad bo`ladi. Sharq mumtoz adabiyotida lirik tur janrlari rang-barang bo`lib, g`azal,tuyuq, masnaviy, muxammas, ta’rix, muammo, chiston fard hamda boshqalar keng tarqalgan.
Elegiya. Muayyan noxush hodisa tufayli kishilar qalbidatug`ilgan qayg`uni ifodalovchi she`r G`arb adabiyotida elegiya deb ataladi. Qadimda elegiya ko`pincha biron yaqin kishining vafoti munosabati bilan yozilgan motam qo`shiqlari shaklida yuzaga kelgan.
Epitafiya va ta’rix. G`arbda vafot etgan kishining qabrida yozib qoldirilgan she`riy matnlar epitafiya deb atalgan. Turkiy xalqlarida bu janr qadim tarixiy ildizlariga ega bo`lib, v-vii asrlarga mansub O`rxun-Enasoy yodgorliklari ham qabr yozuvlari hisoblanadi. Epitafiyaga o`zbek mumtoz adabiyotidagi ta’rix janri ma`lum darajada yaqin turadi. Ta’rixlar, odatda muayyan hodisa yoki biron kishining o`limi munosabati bilan yozilgan. Alisher Navoiy, Ogahiy ta’rixlari o`ziga xosligi e`tiborga molikdir.
Muammo o`zbek mumtoz adabiyotidagi lirik janrlaridan biri hisoblanadi. Muammo poetik o`yin tarzida bitilgan bir (ba`zan ikki) baytli she`r bo`lib, unda biror so`z, ko`pincha, atoqli otning harflari yashiringan va shnga ishora qilingan bo`ladi, “yashirin” so`z shoirnign turli-tuman ishorali ( ma`nodoshi yoki shakldosh so`zlarni topib olish, bir tildagi so`zning ikkinchi bir tildagi muqobilligini qo`llash, so`zlardagi ma`lum harflarni tizib yangi so`z yasash, abjad hisobini ishlatib, raqamlar asosida so`z tuzish va boshqalar) asosida topiladi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Jomiy maxsus kitoblar yozishgan. Ular ijodida bu janr ko`p uchraydi.
Dramatik turga mansub asarlarga qahramonlar qarashlari, kayfiyati diolog va monologlarga aks ettiriladi. “Drama” yunoncha “harakat” degan ma`noni anglatadi. Epik va lirik turga oid asarlarda muallif bayoni alohida o`rin tutib, dramatic turga mansub asarlarda muallif bayoni bo`lmaydi. Hodisalar faqat personajlar nutqi orqali beriladi.

Dramatik asarlarning yana bir o`ziga xos xususiyati sahnada ijro etishga mo`ljallanganidir.


Komediya- dramatik poeziyaning qadimiy janrlaridan bo`lib, unda, odatda kishilarga, ba’zida esa muayyan ijtimoiy sharoitga xos salbiy xususiyatlar kulgi ostiga olinadi. Komediya yunoncha so`z bo`lib, quvnoq kishilar qo`shig`i degan ma`noni bildiradi.
Download 14.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling