1-MAVZU. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI
REJA
1.1. Statistika fanining predmeti
1.2. Statistika fanining metodi va uslubiyati
1.3. Statistika fanining tafakkuri va vazifalari
1.1. Statistika fanining predmeti
Statistika lotincha “status” hamda italyancha “state” - davlat so’zlaridan kelib chiqib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizidan “stato” - davlat “statusta” –davlatni biluvchi, “statustica”, ya’ni davlat to’g’risida muayyan bilim, ma’lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan fandir.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statsitika deganda quyidagi faoliyat turlari tushaniladi:
• statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;
• statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi.
• statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);
• statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;
• statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.
Har qanday mustaqil fanning mazmuni, uning ob’ekti, ya’ni nimani o’rganishi va qaysi usulda o’rganishi bilan aniqlanadi. Statistika mustaqilijtimoiy fan bo’lib, o’zining xususiy predmetiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |