1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


«SUG’URTA HUQUQI» FANIDAN O’TILADIGAN MAVZULAR


Download 1.66 Mb.
bet5/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

«SUG’URTA HUQUQI» FANIDAN O’TILADIGAN MAVZULAR VA ULAR BO’YICHA MASHG’ULOT TURLARIGA AJRATILGAN

SOATLAR HAJMINING TAQSIMOTI



t\r

Fan mavzularining nomi

Jami soatlar

Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Mustaqil ta’lim

1

2

3

4

5

6

1.

Sug’urta huquqining mohiyati va huquqiy
atamalar va tushunchalar

22

6

6

10

2.

Sug’urta faoliyatini yuritishning tashkiliy- huquqiy asoslari va ularni davlat ro’yxatidan
o’tkazish

26

8

8

10

3.

Davlat sug’urta nazorati, uning huquqlari va
majburiyatlari

30

8

8

14

4.

Sug’urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish
tartibi

22

6

6

10

5.

Majburiy va ixtiyoriy sug’urtalashning huquqiy
asoslari

28

8

8

12

6.

Qayta sug’urtalash kompaniyalari va sug’urta brokerlarining faoliyatini huquqiy tartibga
colish

22

6

6

10

Jami:

150

42

42

66

  1. MA’RUZA MAShG’ULOTLARI

1-mavzu: Sug’urta huquqining mohiyati va huquqiy atamalar va tushunchalar (6 soat)

Sug’urta huquqi moliya huquqining tarkibiy qismidir. Sug’urta huquqining ta’rifi. Sug’urta faoliyatida huquqiy normalar. Sug’urta qonunchiligi va huquq, ularning bir-biridan farqi. Sug’urta faoliyatini huquqiy tartibga solishning zarurligi. Sug’urta munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va qonunchilik hujjatlari. Sug’urta manfaati va sug’urtaviy himoya. Sug’urta ob’ektini baholash mezonlari. Sug’urta summasi va sug’urta javobgarligi doirasi. Brutto-stavka va uning tarkibiy tuzilishi. Sug’urta tavakkalchiligi va uning turlari. Sug’urta tavakkalchiligini boshqarish. Sug’urta shartnomasi va uni huquqiy ekspertizadan o’tkazish. Sug’urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari. Sug’urta polisi. Sug’urta hodisalari ro’y berganda tomonlar o’rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, slaydlar va ko’rgazmali qurollar yordamida
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A8, A9, A10, A11, Q1, Q4, Q5, Q6, Q7, Q9]


2-mavzu: Sug’urta faoliyatini yuritishning tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni davlat ro’yxatidan o’tkazish (8 soat)

Davlat mulkiga asoslangan sug’urta tashkilotlarini faoliyat ko’rsatishining o’ziga xos xususiyatlari. Aktsiyadorlik sug’urta tashkilotlarini tashkil etishning huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya etish to’g’risida”gi Qonuni. Xususiy mulkka asoslangan sug’urta tashkilotlarini tuzishni huquqiy tartibga solish. O’zaro sug’urta qilish jamiyati va uning tashkiliy-huquqiy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida”gi Qonuni korxona va tashkilotlarni davlat ro’yxatiga olish tartibi to’g’risida. Sug’urta tashkilotini davlat ro’yxatidan o’tkazish vakolatiga ega bo’lgan davlat boshqaruv organlari. Sug’urta tashkilotini davlat ruyxatidan o’tkazish uchun zarur bo’lgan hujjatlar. Turli mulk shakliga asoslangan sug’urta tashkilotlarini davlat ro’yxatiga olishning huquqiy xususiyatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster, insert usuli, T-sxema.
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A8, A9, A10, A11, Q1, Q4, Q5, Q6, Q7, Q9]


3-mavzu: Davlat sug’urta nazorati, uning huquqlari va majburiyatlari (8 soat)

Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi. Davlat sug’urta nazoratining asosiy vazifasi sug’urtalanuvchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish ekanligi. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda sug’urta nazorati organlarining huquqlari va majburiyatlari. Davlat
sug’urta nazoratining sug’urta tashkilotlari ustidan amaldagi qonunchilik talablarini bajarilishi bo’yicha ish olib borish tartibi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster, diskussiya usuli, aqliy hujum.
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A8, A9, A10, A11, Q1, Q4, Q5, Q6, Q7, Q9]


4-mavzu: Sug’urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi (6 soat)

Sug’urta shartnomasi - sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi hujjat shaklida. Sug’urta shartnomasida majburiy ko’rsatilishi zarur bo’lgan rekvizitlar. Sug’urta shartnomasining muhim va muhim bo’lmagan shartlari. Sug’urta shartnomasini tuzish va kuchga kiritish tartibi. Sug’urta shartnomasining bekor etilishi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: . «Blits-so’rov», «Insert» usulida ma’ruza
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A8, A9, A10, A11, Q1, Q4, Q5, Q6, Q7, Q9]


5-mavzu: Majburiy va ixtiyoriy sug’urtalashning huquqiy asoslari (8 soat)

Majburiy sug’urta haqida tushuncha va uni joriy etishning asosiy shartlari. Majburiy sug’urtaning qonuniy kuchga ega ekanligi va faqat qonunchilik hujjatlari asosida joriy etilishi. Majburiy sug’urta kilish shartnomasining o’ziga xos xususiyatlari. Majburiy sug’urtaning turlari. Majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta tarifi stavkasi va sug’urta summasini aniqlash. Majburiy sug’urta turlarini maxsus litsenziyaga ega bo’lgan sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi. Majburiy sug’urta va majburiy davlat sug’urtasi. Ixtiyoriy sug’urta qilishning ahamiyati. Ixtiyoriy sug’urta qilish bo’yicha shartnomalarni tuzish. Ixtiyoriy sug’urta qilishning turlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Akliy xujum», «To‘gridan to‘gri jamoa bo‘lib ishlash» ma’ruza
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A8, A9, A10, A11, Q1, Q4, Q5, Q6, Q7, Q9]


6-mavzu: Qayta sug’urtalash kompaniyalari va sug’urta brokerlarining faoliyatini huquqiy tartibga solish (6 soat)

Qayta sug’urta qilish kompaniyalari haqida tushuncha. Qayta sug’urta qilish shartnomalarini tuzish tartibi. Qayta sug’urta qilishda qatnashgan tomonlarning huquqlari va majburiyatlari. Qayta sug’urta qilish bilan bog’liq huquqiy normalarning O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida aks ettirilishi. Qayta sug’urta qilish shartnomalarini kuchga kiritish va bekor etish tartibi. Fakultativ qayta sug’urta qilishning huquqiy asoslari. Obligatorli qayta sug’urta qilish. Sug’urta brokerlari mustaqil yuridik shaxs sifatida. Sug’urta brokerining huquq va majburiyatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diskussiya usulida, guruhlar bo’lib ishlash.,B/B/B usuli.
[A1, A2, A3, A4, A5, A6, A8, A9, A10, A11, Q1, Q4, Q5, Q6, Q7, Q9]


  1. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling