mavzu. Sug’urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi 1-masala
Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan 600 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 3 mln.so’mga teng.
Sug’urta mukofoti summasi va sug’urta qoplamasi summasini toping.
masala
Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan 800 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 12,5 mln.so’mga teng.
masala
Sug’urtalangan ob’ektning qiymati 8,400 sum, sug’urta summasi 3,360 so’m, shikastlanish natijasida ko’rilgan zarar 4,840 so’m.
Sug’urta ta’minlash tizimining nisbiy javobgarlgi qoidalariga asosan sug’urta qoplamasini hisoblang.
5-mavzu. Majburiy va ixtiyoriy sug’urtalashning huquqiy asoslari
masala
Ob’ekt 18 000 so’mga baholangan, uning 80% sug’urtalangan, zarar miqdori 6 200 so’m.
Nisbiy javobgarlik tizimi asosida sug’urta qoplamasini xisoblang.
masala
Avtomobil birinchi tavakkalchilik tizimi asosida 75 000 so’mga sug’urtalangan, uning haqiqiy bahosi 89 000 so’m, sug’urtalanuvchi 32 000 so’m miqdorida zarar ko’rgan.
Birinchi va ikkinchi tavakkal miqdorini belgilang.
masala
Uy jixozlari 90 000 so’m miqdorida sug’urtalangan. Yong’in natijasida uy anjomlariga 120 000 so’m miqdorida zarar etgan.
Birinchi va ikkinchi tavakkal ta’minoti qanday miqdorlarda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |