Mavzu: Baholangan ko’char mulk obyektiga nisbatan ekspertiza xulosasini tayyorlash. Reja
Download 64.37 Kb.
|
BBI 50 Turamuratov Bekhzod, Baholangan ko\'char milk ob\'ektiga nisbatan
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Mavzu: Baholangan ko’char mulk obyektiga nisbatan ekspertiza xulosasini tayyorlash. Reja: Kirish Ko’char mulk – baholash xisobotini ekspertizadan o’tkazishning obyekti sifatida. «Gold assessment» MCHJ tomonidan baholangan Captiva avtotransport vositasi-ekspertiza obyekti sifatida. Baholangan «01X500AA» davlat raqamli Captiva avtotransport vositasiga nisbatan berilgan yakuniy natijaviy ekspertiza xulosasi. Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro’yhati KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda baholash faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish bevosita baholash faoliyatiga bog’liqdir. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qarori “Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish tartibi haqida” qaror bo’lib, mazkur qaror ekspertiza buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqa baholash tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan baholash tashkilotini baholash bo‘yicha hisobotlarni tekshirish; baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ya’ni, litsenziyaga ega bo‘lgan, shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish uchun jalb qilinadigan baholash tashkiloti timonidan tahliliy ekspertiza — qiymat turining baholash maqsadlariga muvofiqligini, baholashda foydalanilgan ma’lumotlarning asoslanganligini, metodologiyaning maqbulligini, hisob-kitoblarning aniqligini va baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun o‘tkaziladigan baholash to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlar tahlili asosida amalga oshiriladigan yoki dala sharoitida o‘tkaziladigan ekspertiza — tahliliy ekspertizani, shuningdek baholash ob’ektiga chiqib baholanadigan mol-mulkni tekshirishni va, zaruriyat bo‘lganda, baholash to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning qiyoslanadigan ob’ektlarini tekshirishni o‘z ichiga oladigan ekspertiza o’tkazish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi. Bugungi kunda ko’char mulk obyekti hisoblangan avtotransport vositalari qiymatini baholashda bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Chunki ko’char mulk qiymatini baholash omillarining o’zgaruvchanligi va daromad usulini qo’llashda muayyan ma’lumotlar bazasining yo’qligi bunga ta’sir ko’rsatmoqda. Mazkur muammolar, pirovardida ko’char mulk qiymatini aniq va real baholashga ta’sir qilmoqda. Download 64.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling