1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
5. Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga
noqulay omillarning ta’siri. Sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun oxirgi xisobt sanasiga sug‘urtalovchining balans ma’lumotlari, shuningdek, xisob-kitob asosida aniqlanadigan ma’lumotlardan foydalaniladi. Sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi mazkur Nizom asosida o‘rnatilgan sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va likvidligi xisobiga olingan aktivlar o‘rtasidagi nisbat 123 me’yorlarining bajarilishi xisoblanadi. To‘lov qobiliyatini sug‘urta faoliyati xajmlariga muvofiq ravishda ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar yo‘l qo‘yiladigan aktivlarning xaqiqiy xajmi darajasini belgilangan tartibda muvofiqlashtirib borishi zarur. Respublika sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta zaxiralarni shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006 yil 6 mayda №1571-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan « Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomi»ga asosan amalga oshiriladi. Sug‘urta zaxiralarining shakllanishi bo‘yicha quyidagi qonun-qoidalar mavjud: - xamma zaxiralar maxsus xisob-kitoblar asosida shakllanadi; - zaxiralar sug‘urta olib borayotgan valyutada shakllanadi; - sug‘urta zaxiralari xar bir aniq to‘lash muddatiga shakllanadi; - zaxiralar faqat sug‘urta shartnomasi bo‘yicha emas, qayta sug‘urtalashda qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha xam shakllanishi mumkin. Sug‘urtalovchilar o‘ziga qabul qilgan sug‘urta majburiyatlarini bajarish uchun yig‘ilgan sug‘urta mukofotlaridan kelgusida sug‘urta to‘lovlari uchun barcha sug‘urta turlari bo‘yicha kerakli sug‘urta zaxiralarini shakllantirishadi. Sug‘urta zaxiralari sug‘urtalovchining sug‘urtalanovchilar bilan tuzgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha shu vaqtdagi bajarilmagan majburiyatlarining xajmini ko‘rsatib turadi. Xorij mamlakatlarida qabul qilingan sug‘urta zaxiralarining shakllanishi texnikasiga ko‘ra, sug‘urta qiluvchi bo‘yniga olgan xar bir majburiyat turi sug‘urta zaxirasiga mos keladigan turi bilan qoplanadi. Xayot sug‘urtasi bo‘yicha amaldagi shartnomalar sharoitiga bog‘liq xolda matematik zaxiralar, yillik renta zaxiralari, fond zaxiralari va ishtirok etish zaxiralari shakllanadi. Sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha -mukofot zaxiralari va zarar zaxiralari shakllanadi. Sug‘urta zaxiralari xajmi amaldagi shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summani butun xolda qoplashi zarur. SHuning uchun ularning xajmini aniqlash uchun sug‘urta qiluvchining operatsiyalarini chuqur taxlili va matematik xisob kitoblar zarur. Texnik mablag‘lar sug‘urta qiluvchi tomonidan aloxida sug‘urta shartnomasi va butun sug‘urta portfeli bo‘yicha bir muddatga xisob-kitob qilingan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish kerak bo‘lgan mablag‘lar yig‘indisi. Ular sug‘urta zaxiralarining qismi bo‘lib xayot sug‘urtasidan tashqari sug‘urta turlari buyicha xisob-kitob qilinadi. «Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomi»ga muvofiq sug‘urtalovchi o‘zining balansida majburiyat yoki aktiv(sharoitdan kelib chiqib) sifatida aks ettiriladigan quyidagi texnik zaxiralarni shakllantirishga majburdir: - ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi (umumiy sug‘urta soxasida faoliyat amalga oshirilganda); - mukofotlar zaxirasi (xayot sug‘urtasi soxasida faoliyat amalga oshirilganda); 124 - zararlar zaxirasi. Sug‘urta xodisasi oqibatida yuzaga kelgan va sug‘urta shartnomasining shartlari bo‘yicha qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar xajmiga muvofiq ravishda aniqlanadi va quyidagilardan tashkil topadi: ■ xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi; ■ sodir bo‘lgan lekin, xabar qilinmgan zararlar zaxirasi; ■ Sug‘urtalovchi Davsug‘urtanazorat bilan kelishgan xolda qo‘shimcha ravishda, quyidagi zaxiralarni tashkil etishi mumkin: ■ oldini-olish chora-tadbirlari zaxirasi; ■ xalokatlar zaxirasi; ■ zararlilikning tebranishi zaxirasi ; ■ aktivlarning nomuvofiqlik zaxirasi ; ■ boshqa zaxira turlari. Investitsilarni ularni turli xil belgilari bo‘yicha turkumlash yoki tasniflash mumkin. Ularni tasniflashda turli maqsadlar qo‘yiladi. Masalan, investitsiyalarni kelajak natijalarini baholashda, ular bo‘yicha kutiladigan samaralarni aniqlashda, ularni ishlab chiqarishda ishtirokida, ularni soha va yo‘nalishlarini aniqlashda va. h.k. shunga o‘xshash belgilari bo‘yicha ularni batafsil turkimini belgilash amalda qo‘laniladi. Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling