1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anderrayting jarayoni
Risklarni klassifikatsiyalash Xavflilik manbalariga ko‘ra risklarni
klassifikatsiyalash. Sug‘urtalovchining javobgarlik hajmiga qarab risklarni klassifikatsiyalash. Tadbirkorlik risklari va ularni aniqlash mezonlari. Sug‘urtaga qabul qilinadigan va sug‘urtaga qabul qilinmaydigan risklar. Risklarni vujudga kelishiga ko‘ra klassifikatsiyalash. Risklarni diversifikatsiyalash shartlari. Ob’ektiv va sub’ektiv risklar. Ekologik va transport risklari. Risklarni sof va sun’iy risklarga ajratamiz. Risklar tizimida moliyaviy risklar alohida o‘ringa ega. Ular ko‘p jihatidan tadbirkorlik faoliyati bilan ham bog‘liq. Risklarni sof va sun’iy risklarga ajratamiz. Sof risklarga tabiiy, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish va savdo) kiradi. Sun’iy risklar tijorat riskining bir qismi bo‘lgan moliyaviy risklar tarkibida hisoblanadi. Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklariga bo‘linadi. Zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq urishi, yong‘in va har xil yuqumli kasalliklar tabiiy risklar hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq risklar ekologiya risklari hisoblanadi. Siyosiy risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi, harbiy harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining o‘zgarishi, qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi ehtimollarini o‘z ichiga oladi. Tijorat risklari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi bilan faraqlanadi. Investitsion loyihalarni amlga oshirishda kredit riski, operatsiya riski, huquqiy risk, mamlakat riski, transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik riski, reputatsiya riski, siyosiy risklar, tadbirkorlik risklari yuzaga keladi. Anderrayting jarayoni 128 Bu jarayonning o‘zi turli sug‘urta qiluvchilar va sug‘urtaning turli xillari uchun har xil bo‘ladi. Biz buni xususiy shaxslarning sug‘urtalash, hayot sug‘urtasi va kompaniyalar sug‘urtasi misolida ko‘rib chiqamiz Aholi o‘rtasida anderrayting jarayoni nisbatan sodda. Anderrayter risk haqidagi asosiy ma’lumotni sug‘urta haqidagi arizadan oladi. Agar ma’lumotlarni aniqlashtirish zarurati paydo bo‘lsa, anderrayter arizachiga bu haqda yozib, zarur ma’lumotlarni oladi. Sug‘urtalash haqidagi ko‘p sonli arizalarga sug‘urtachining bo‘limlari tomonidan ishlov beriladi. Bu mexanik ish bo‘lib, qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi. Ko‘p hollarda anderraytingning funksiyasi sug‘urtalovchidan farq qiluvchi uchinchi shaxsga yuklatiladi: masalan, sayohatchilarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi sayohatlar byurosi agentiga yoki aviaetkazib beruvchilarga sotiladi. Sug‘urtalanuvchi ariza shaklini to‘ldiradi va unga shu zahoti namunaviy polis taxlamidan sug‘urta polisi beriladi.Uydagi mol-mulkni sug‘urtalashda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin: sug‘urta brokeri sug‘urta qilinayotgan ob’ekt qiymatining eng yuqori chegarasini hisobga olgan holda sug‘urta polisini berishga vakolatli. Bunday hollarda anderrayting kutilmagan (to‘g‘ri kelmaydigan) mijozni sug‘urta qilmaslik amaliyotiga duch keladi. Biroq brokerda yoki agentda bunday holatlarda narxni oshirish yoki tushirish imkoniyati chegaralangan (yoki undan butunlay mahrum qilingan) bo‘ladi. Hayot sug‘urtasida ish biroz boshqacharoq kechadi. Bunda ham axborotlarning asosiy manbasi sug‘urtalash uchun ariza hisoblanadi. Lekin bu erda sug‘urtalanuvchining salomatligi bilan bog‘liq ko‘pgina jihatlarga e’tibor qaratiladi, shuning uchun sug‘urta qiluvchi, ayniqsa, ariza beruvchi katta miqdorda sug‘urtalanmoqchi bo‘lsa yoki nasliy kasallikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, riskni baholash uchun ekspert-shifokor yordamiga muhtoj bo‘ladi. Tibbiy tekshiruvlar sug‘urtalovchi tomonidan ko‘rsatilgan shifokor tomonidan o‘tkaziladi, sug‘urtalovchi bunday tekshiruvlar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘laydi. Kompaniyalarni sug‘urtalashdagi anderrayting ancha murakkab hisoblanadi. Bu erda sug‘urta ob’ekti sifatida biznesning turli xili chiqadi: ular kichkina do‘konchadan yoki fabrikadan o‘z faoliyatini butun dunyo bo‘ylab amalga oshiruvchi transmilliy korporatsiyalargacha bo‘lishi mumkin. Anderaytingning murakkabligi risk miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, lekin har qanday holatda ham ma’lum asosiy prinrsiplarga amal qilinadi. Anderrayting jarayonida sug‘urtalovchining asosiy vazifasi sug‘urtaga taqdim etiladigan risk bilan bog‘liq omillarni baholash hisoblanadi. Agar sug‘urta ob’ekti uncha katta bo‘lmasa, bunda uning uchun ariza shaklini yoki sug‘urtalanuvchi bilan yozishmalarni o‘qib chiqish etarli bo‘ladi. Sug‘urtalovchi mahalliy agentdan do‘kon yoki fabrikani ko‘zdan kechirib chiqishni iltimos qilishi ham mumkin. Ba’zan riskning hamma tafsilotlarini bitta arizada bayon qilib bo‘lmaydi. Bunda joyidagi inspeksiya yordamida anderrayter uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni riskka taalluqli turli jihatlar bo‘yicha rejalar va hisobotlarni tayyorlab bera oladigan brokerning yordami kerak bo‘ladi. Keyin katta miqdorda bo‘lishi mumkin 129 bo‘lgan hamma hujjatlar anderrayterga beriladi va sug‘urta shartlari, badal (qoplash) miqdori va narxlar bo‘yicha muzokaralar boshlanadi. Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling