1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari
-rasm. Sug‘urta mukofotlari hajmi dinamikasi
Download 5.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Суғурта иши
2.1-rasm. Sug‘urta mukofotlari hajmi dinamikasi
40 Hisobot davrida bozor o‘sishining asosiy omillari bo‘lib ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarining samarali amlga oshirilgani hisoblanadi. Sug‘urta mukofotlarining kelib tushishi bo‘yicha eng katta o‘sish sur’ati hayotni sug‘urtalash turlariga to‘g‘ri kelgan. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari miqdori 1,4 trln. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 98,0 foizga oshgan. Shu qatorda, majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha mukofotlar tuShumi ham ijobiy tendensiyani ko‘rsatdi, lekin o‘sish sur’ati faqat 13,0% ni, ya’ni 263,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha mukofotlarning tez sur’atlarda o‘sishi umumiy bozorda ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi ortib borishini aks ettiradi. 2017 yilda ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 74,8% gacha oshgan bo‘lsa, 2018 yil oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkich 9,05 punktga o‘sdi va 83,9% ni tashkil etdi. Ixtiyoriy sug‘urta ulushining bu tarzda o‘sish tendensiyasi ijobiy natija sifatida baholanib, bu mamlakat sug‘urta bozorida real o‘sish sur’atlarini namoyon etadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, 2018 yilda sug‘urta qoplamalarini to‘lash bo‘yicha ham o‘sish kuzatilgan. Hisobot davrida kompaniyalar tomonidan to‘langan sug‘urta qoplamalari hajmi 71,0% ga oshgan va 460,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Ekspertlarning fikricha, 2018 yilda bozorda jami sug‘urta qoplamalarining o‘sishiga hayotni sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning ortishi sabab bo‘lgan. Sug‘urta qoplamalari tarkibida ham avval kuzatilganidek, ixtiyoriy sug‘urta salmoqli ulushni egallagan. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha qoplamalar miqdori 92,0% ga ortib, 389,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha esa 6,0% ga ortib, 71,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Sog’lom raqobat muhitida ishlaydigan bozorda xuddi shunday ko’rsatkichlar bo’lishi lozim, biroq ixtiyoriy sug’urtaning tarkibiy tuzilishi ham 40 Rasm https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan 161 ko’pgina ma’lumotlarni beradi, jumladan garov sug’urtasi, turistlar sug’urtasi va hk. Ularning mijoz ixtiyorisiz majburiy amalgam oshirilishi ham ixtiyoriy sug’urtaning salmog’ini keskin oshiradi. Download 5.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling